
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 oktyabr kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor yogʻadi). Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar