9 oktyabr kuni AKT vazirligida “Hangzhou Hikvision Technology Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Yangjon Xu bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ushbu xorijiy kompaniyaning ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Foto: “Mitc.uz”
Uchrashuvda tomonlar loyiha bilan bogʻliq masalalarni birgalikda oʻrganishga kelishib oldilar. Bu esa “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda konseptual yondashuvlarni aniqlashda foydali boʻlishi mumkin.
“Hikvision” kompaniyasi “Xavfsiz shahar” loyihalarini amalga oshirish va videokuzatuv tizimlari sohasidagi texnologiyalarni joriy qilishda katta tajribaga ega. Bunga Seul, Shanxay, Nyu-York, Ukraina, Belarus va Singapurdagi 100 mingdan ortiq IP-kameradan iborat “Xavfsiz shahar”larni misol keltirish mumkin. “Hikvision” mahsulotlari jahonning 150 dan ortiq mamlakatlarida muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi