O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lash tizimi tubdan isloh qilinadi (foto)

2 daqiqa o'qish4.3K
O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lash tizimi tubdan isloh qilinadi (foto)
Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati
Joriy yil 2-11 aprel kunlari Toshkent shahrida Davlat sektorida mehnatga haq to‘lash tizimi va bandlik masalalari bo‘yicha Aleks Appiya-Koranteng (Davlat sektori bo‘yicha bosh mutaxassis) boshchiligidagi Jahon banki missiyasi faoliyat olib bordi.

Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu tashrif davomida xalqaro ekspertlar mehnatga haq to‘lashning amaldagi holatini o‘rganish maqsadida Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligining mutaxassislari bilan uchrashishdi.

Bugungi kunda xalqaro ekspertlar ishtirokida davlat sektorida mehnatga haq to‘lash tizimini isloh qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Yo‘l xaritasi ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1,5 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.
O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lash tizimi tubdan isloh qilinadi (foto)
Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati
Birinchi bosqichda ish haqi va kadrlar boshqaruvi masalalari bo‘yicha mustaqil davlat organi, shuningdek, islohotlarni muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan idoralararo komissiya tashkil etilishi nazarda tutilgan. Dastlabki bosqichda davlat sektorida mehnatga haq to‘lashni belgilash metodologiyasi, jumladan ish haqi miqdoriga ta’sir qiluvchi mezon (omil)larni hamda har bir lavozim bo‘yicha funksional majburiyatlarni belgilash metodologiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu bosqichda ish haqi miqdorini aniqlashning yangi tizimini 5-6 ta tarmoq vazirliklari va idoralarda tajriba sifatida qo‘llash rejalashtirilmoqda.

Ikkinchi bosqichdagi eng asosiy vazifa bo‘lib, barcha vazirliklar, idoralar va davlat tashkilotlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalarining to‘liq funksional tahlilini o‘tkazish, shuningdek mehnatga haq to‘lash va tariflarning yangi tizimini bosqichma-bosqich joriy etishdan iborat bo‘ladi.

Jahon banki ekspertlari Yo‘l xaritasi loyihasida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarish uchun ish haqi va ustamalar tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidlashmoqda.

Davlat sektorida mehnatga haq to‘lash va bandlik tizimini isloh qilish natijasida quyidagi strategik maqsadlarga erishish kutilmoqda:

• davlat sektorida mehnatga haq to‘lash fondining moliyaviy barqarorligiga erishish;
• davlat sektorida mehnat resurslarining samaradorligi va natijaviyligini oshirish;
• kadrlar boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish;
• davlat sektorida xodimlar mehnatiga mutanosib ish haqi to‘lanishining shaffofligi, adolatliligi va tengligini ta’minlash hisobidan har tomonlama munosib ish jarayonini joriy etish.

Bundan oldin, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga aloqador kamchiliklar ma’lum qilingandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?