09:48 / 02.05.2019
7 440

Ramazonni munosib o‘tkazish uchun Prezident qarori qabul qilindi (taqvim)

Ramazonni munosib o‘tkazish uchun Prezident qarori qabul qilindi (taqvim)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Prezident qarori milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash, el-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, ushbu oyda islom dinining tinchlik, bag‘rikenglik, shukronalik kabi olijanob g‘oyalari hamda insonparvarlik mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida qabul qilinayotgani aytilgan.

2019 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 6 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilanmoqda.

Bunda:
· joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, ma’naviy poklik, shukronalik fazilatlarini e’zozlash, hozirgi tinch va farovon hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilish, ahil va hamjixat bo‘lib yashashga da’vat etadigan hamda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etishga;

· muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ushbu fazilatli oyda ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilishi belgilanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ramazonni munosib o‘tkazish uchun Prezident qarori qabul qilindi (taqvim)