Yangi «Mahalla» teleradiokanali 7 yanvardan o‘z efirlarini boshlaydi

1 daqiqa o'qish8.5K
Yangi «Mahalla» teleradiokanali 7 yanvardan o‘z efirlarini boshlaydi
Yangi «Mahalla» teleradiokanali 7 yanvardan o‘z efirlarini boshlaydi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mediamarkazida 7 yanvar soat 18:00 dan ko‘rsatuvlarini efirga uzatishni boshlaydigan «Mahalla» teleradiokanali efirlarini boshlashiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, bu xaqda UzReport'ga asoslanib Daryo nashri xabar bermoqda.

Matbuot anjumanida teleradiokanal dasturlarida asosiy e’tibor respublika aholisi, ayniqsa yoshlarni, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda noyob milliy tuzilma sifatida mahalla institutining roli va ahamiyati to‘g‘risida keng xabardor etish, shuningdek, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish bo‘yicha namunaviy mahallalarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, aholi bandligini hal etish, keksalarga ko‘maklashish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish, mahallalarning davlat boshqaruvi organlari va jamoatchilik tuzilmalari bilan ijtimoiy sherikchiligini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda mahallalar faoliyatini keng yoritishga qaratilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, «Mahalla» teleradiokanali kollektivining asosiy maqsadi 2015 yil − «Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturi mazmuni va mohiyatini keng targ‘ib qilish, ko‘p asrlik an’analar, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat qadriyatlarining yoshlar tarbiyasidagi roli to‘g‘risida teleradiomahsulotlarni tayyorlash ekanligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yangi raqamli «Mahalla» teleradiokanali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalla» ma’rifiy teleradiokanalini tashkil etish va raqamli teleuzatishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2014 yil 17 dekabrdagi PP-2273-son Qaroriga muvofiq ishga tushirilmoqda.

Foto: UzReport / Daryo
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?