O’zbekistonda bukmekerlik idoralari faoliyat boshlashi mumkin

1 daqiqa o'qish3.5K
O’zbekistonda bukmekerlik idoralari faoliyat boshlashi mumkin
O’zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi saytida (regulation.gov.uz) "O’zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Qaror loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko’ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab, xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo’shimcha mablag’larni jalb qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish ko’zda tutilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi va ularda shu jumladan quyidagilarni:

- bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash O’zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishini;

- bukmekerlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet tarmog’i provayderlarida xizmatlar ko’rsatilishini tartibga solishni;

- bukmekerlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlari daromadlarining bir qismini sport turlari, shu jumladan futbolni rivojlantirish uchun yo’naltirishni;

- bukmekerlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlarini joriy etilishini nazarda tutishi belgilab qo’yilgan.

Manba: championat.asia
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?