Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonun uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yil 12 noyabrdagi majlisida deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ma’qullangan edi. Shundan so‘ng qonun mazkur majlisda deputatlar tomonidan bildirilgan takliflari asosida har taraflama ko‘rib chiqilib, tahririy tuzatish va o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, hujjatda aholini ro‘yxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir ma’lumotlarni barcha respondentlardan yig‘ish belgilangan hududlarda bir paytning o‘zida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi «fotosurati»ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Deputatlarning fikricha, aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab, o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr-mulohaza yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, qator holatlarda aholini ro‘yxatga olish aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar to‘plashning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Majlis kun tartibidan o‘rin olgan mazkur qonun muhokamalardan so‘ng uchinchi o‘qishda ma’qullandi hamda uni Senatga yuborish yuzasidan Qonunchilik palatasining tegishli qarori qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi