O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektorining buyrug‘iga ko‘ra, virusli holatlarni oldini olish maqsadida har qanday taktil aloqa shakllari universitet hududida taqiqlandi. Bu haqda universitet saytiga tayanib Daryo ma’lum qildi.

«O‘zJOKU rektorining buyrug‘iga ko‘ra, endilikda har qanday taktil aloqa shakllari taqiqlanadi. ‘O‘zini asraganni Xudo asraydi’ deb bejiz aytishmaydi. Keling, sog‘lig‘imizni asraylik — qo‘limizni tez-tez yuvib, har qanday virusli baxtsizlikdan ehtiyot choralarini ko‘raylik!», — deyiladi universitet saytida e’lon qilingan xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar