20:35 / 14.05.2020
2 661

Xorazmda qarama-qarshi yo‘lga chiqqan Cobalt tufayli Spark haydovchisi vafot etdi

Xorazmda qarama-qarshi yo‘lga chiqqan Cobalt tufayli Spark haydovchisi vafot etdi
Xorazm viloyatining Urganch shahrida ikkita yengil mashina to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

YTH 13 may kuni soat 21:10 larda Urganch shahrining Jayxun va Najmiddin Kubro ko‘chalari kesishmasi yaqinida yuz bergan. 1996 yilda tug‘ilgan X.X. Cobalt tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan va shu yo‘nalishda qarshisidan kelayotgan haydovchi Spark avtomobilining old qismiga urilgan.

Spark haydovchisi, 1997 yilda tug‘ilgan D.O‘. og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Cobalt haydovchisi 24 yoshli X.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Urganch shahar IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy hafta mobaynida O‘zbekistonda odam o‘limi bilan yakunlangan bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 11 may kuni Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida Lacetti motorollerga urilishi oqibatida 38 yoshli motoroller haydovchisi, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida Isuzu avtobusi velosipedchini urib yuborishi oqibatida 33 yoshli velosipedchi, 12 may kuni Buxoroning Romitan tumanida traktor tirkamasi ag‘darilib ketishi oqibatida 33, 34 va 38 yoshli ayollar, Xorazmning Yangibozor tumanida Matiz urib yuborishi oqibatida 4 yoshli bola, 13 may kuni Andijonning Buloqboshi tumanida «Kamaz» urib yuborishi oqibatida 30 yoshli velosipedchi, Qashqadaryoda Nexia daraxtga urilishi oqibatida 57 yoshli yo‘lovchi vafot etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorazmda qarama-qarshi yo‘lga chiqqan Cobalt tufayli Spark haydovchisi vafot etdi