O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari va karantinga olinganlar uchun 200 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi

1 daqiqa o'qish2.6K
O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari va karantinga olinganlar uchun 200 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi
O‘zbekistonda 23 may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar davolanib chiqishi uchun 109 milliard so‘mdan ortiq pul sarflangan. Shuningdek, karantinga joylashtirilganlar uchun 100 milliard so‘mdan ortiq xarajat qilingan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov 25 may kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 23 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2492 nafar bemor davolanib chiqqan. Har bir davolanib chiqqan bemor uchun davlat 32,3 million so‘mdan xarajat qilgan. Jami 80 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ shu maqsadga yo‘naltirilgan.

Davolanayotganlar uchun (23 may holatiga ko‘ra 573 bemor) 18 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ sarflandi. Har bir bemor uchun 32,3 million so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Holati o‘ta og‘ir bo‘lgan bemorlar soni 50 nafarni tashkil qilgan bo‘lib, ularning har biriga 64,4 million so‘mdan, jami 3,2 milliard so‘m sarflangan.

Reablitatsiyaga o‘tkazilgan 2492 bemor uchun yana (2,8 million so‘mdan) 6 milliard 977 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, hozirda 45 455 kishi karantinda va ularning har biri uchun 2,2 million so‘mdan ajratilgan bo‘lib, jami 100 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tashkil etadi.
O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari va karantinga olinganlar uchun 200 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi
O‘zbekistonda 25 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3189 nafarga yetdi. Kasallikdan tuzalganlar soni esa 2607 nafarni tashkil etmoqda.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?