14:37 / 31.05.2022
838

Eron U-23 bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya: "Bizda tayyorgarlik uchun vaqt kam bo‘ldi"

Eron U-23 bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya: "Bizda tayyorgarlik uchun vaqt kam bo‘ldi"
U-23 Osiyo kubogi "A" guruhi 1-turidan o‘rin olgan Eron – Qatar bahsidan oldingi matbuot anjumanida eronliklar bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya va jamoa sardori Yosin Salmoni ishtirok etdi.

- Musobaqa haqida fikrlaringiz...
"Bizda tayyorgarlik uchun kam vaqt bo‘ldi. Asosan, mahalliy klublar va Iroqqa qarshi o‘ynadik. Aynan oxirgi 2 ta o‘yinimiz Iroqqa qarshi kechdi", – dedi bosh murabbiy Mehdi Mahdavikiya.

"Bu yerga yaxshi o‘yin ko‘rsatish uchun keldik. Turnirda yaxshi natija qo‘lga kiritishga harakat qilamiz", – dedi Yosin Salmoni.

- Guruhdagi raqiblar xususida qanday fikrdasiz?
- Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Ularga nisbatan hurmatimiz baland. E’tiborimizni o‘z o‘yinimizga qaratamiz.

- Ushbu musobaqaga kelishdan oldin bir nechta Ali Rizo Rizoiy va boshqa futbolchilar ayrim sabablarga ko‘ra tarkibga kira olmadi?
- Bu biz uchun katta yo‘qotish emas. Barcha pozitsiyalarda iqtidorli futbolchilarimiz bor. O‘ylaymanki, bu musobaqada bizga xalaqit qilmaydi.

- Eron terma jamoasi sardoriga savol. Qatarga qarshi o‘yindan nimalarni kutyapsiz?
- Balki biz juda yosh jamoadirmiz, lekin yaxshi tayyyorgarlik olib bordik. Ijobiy natija ko‘rsatishga kuchimiz yetadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron U-23 bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya: "Bizda tayyorgarlik uchun vaqt kam bo‘ldi"