18:36 / 31.05.2022
783

Turkmaniston U-23 bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov: "Albatta, biz syurpriz namoyish qilishni xohlaymiz"

Turkmaniston U-23 bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov: "Albatta, biz syurpriz namoyish qilishni xohlaymiz"
U-23 Osiyo Kubogi "A" guruhi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Turkmaniston uchrashuvi oldidan turkmanistonliklar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bosh murabbiy Ahmad Agamurodovv va yarim himoyachi Velmirat Ballakov qatnashdi.

- O‘yin haqida
- "Tashkilotchilik uchun rahmat. Avvalo, O‘zbekiston hukumatiga musobaqa mezbonligi uchun tashakkur. Biz musobaqada ilk marta qatnashayotganimizdan va Turkmaniston sharafini himoya qilayotganimizdan xursandman. O‘z futbolchilarim bilan faxrlanaman. Turnirga jiddiy hozirlik olib bordik. Raqiblar kuchli, lekin qo‘ldan kelgancha raqobat ko‘rsatamiz. Ertangi raqibimiz O‘zbekiston kuchli terma jamoa. Ular bilan Markaziy Osiyo musobaqalarida ro‘baro‘ kelganmiz. Raqib safida tajribali futbolchilar ko‘p", – dedi Agamurodov.

- "Bunday tashkilotchilik uchun O‘zbekistonga rahmat. Bu musobaqadagi ishtirok bizning futbolchilarimiz uchun katta tajriba maktabi bo‘ladi", – dedi Ballakov.

- Ushbu musobaqada birinchi marta ishtirok etyapsiz. Jamoadan qandaydir syurpriz kutish mumkinmi?
- OFK o‘z videoroligida bizni syurpriz ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan terma jamoa sifatida ko‘rsatishdi. Albatta, biz syurpriz namoyish qilishni xohlaymiz. Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsak, bu Turkmaniston uchun katta yutuq bo‘ladi.

- Musobaqagacha Turkmaniston autsayder sifatida qaralmoqda. Bu sizga qanday ta’sir qiladi?
- Bosh murabbiy sifatida bu menga ustunlik taqdim etadi. Balki qaysidir raqib bizni jiddiy qabul qilmasligi mumkin. Bu ruhiy holatimizga ta’sir qilmaydi. Bizning asosiy maqsadimiz – guruhdan chiqish. Shu yo‘lda astoydil kurash olib boramiz.

- Velmirat Ballakovga savol. Mazkur yosh toifasida ilk bor o‘ynashingiz bosim yuklamaydimi?
- Biz bunday musobaqada birinchi marta ishtirok etyapmiz. Umid qilamanki, biz katta tajriba to‘plab olamiz.

"Velmiratga qo‘shimcha tarzda aytishim mumkinki, u nafaqat U-23 a’zosi, balki milliy terma jamoa a’zosi sanaladi. Bu unga qo‘shimcha tajriba bo‘lsa-da, lekin unda tajriba yetarli", – deya qo‘shimcha qildi Agamurodov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkmaniston U-23 bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov: "Albatta, biz syurpriz namoyish qilishni xohlaymiz"