1 364
"Aktyorlar" hali katta sahnaga chiqmadi, Kapadze jamoasining Osiyo Kubogidagi imkoniyatlari qanday?
Temur Kapadze boshchiligida Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoamiz yurtimizda start olgan qit’a birinchiligida ishtirokini boshlaganidan xabaringiz bor. Xo‘sh, birinchi uchrashuvdan so‘ng yoshlarimiz haqida qanday tasavvur paydo bo‘ldi? Jamoaning potensiali qanday? Imkoniyatlari-chi? Bugun shu va shunga o‘xshash savollarga javob izlashga urinib ko‘ramiz.
Birinchi uchrashuv hech qachon oson kechmagan. Boz ustiga, deyarli bir jamoa bo‘lib 15 kun ham mashg‘ulot o‘tkazmagan, turnir oldidan nazorat o‘yinida ishtirok etmagan yigitlardan bundan ortiq nima kutish mumkin? "Paxtakor" stadionidagi o‘yinni Kapadze shogirdlari shunchaki xarakter evaziga qutqarib qolishdi. 70-daqiqaga qadar barcha aspektlarda ustunlik bizda bo‘lgani rost, ammo bu tabloda ko‘rinmasa, u nolga teng! Bu futbolning yozilmagani qonuni. Turkmanistonda bilan bahs bizga yigitlar hali bir jamoaga aylanishga ulgurmaganini ko‘rsatdi. "Nasaf" a’zolari mayda pasga ixtisoslashgan 3-4-3 ga tobora ko‘nikayotgan bo‘lsa, "Paxtakor" 5 yildan beri 4-2-3-1 sxemasidan foydalanadi.
"Olimpik"dagi yigitlar esa, 4-3-3 ning asl versiyasida 2 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. Birvarakayiga 3 xil sxema va o‘yin falsafasida suyagi qotgan yigitlarni 1 oy ichida qayta tarbiyalashning imkoni yo‘q. Agar musobaqada faqat "Olimpik" klubi a’zolarigina harakat qilganida, murabbiyga bir muncha oson bo‘lar edi, biroq katta o‘yinlarni faqatgina kuchli jamoaviy o‘yin bilan yutib bo‘lmaydi.
Ba’zida ijrochilar darajasi og‘ir vaziyatlarda asosiy qurolga aylanadi. Ayniqsa, teng kuchli raqiblarga qarshi to‘qnashuvlarda. Mutaxassis buni to‘g‘ri tushungani uchun ham Husayn Norchayev, Hojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov singari yigitlarga kattaroq yuklama bermoqda. Ular hali to‘liq bir tempga tushib olmasdan turib katta hajmdagi ishni bajarishiga to‘g‘ri kelmoqda. Soddaroq qilib aytsak, O‘zbekiston U23 100 foiz bir jamoaga aylanganicha yo‘q.
Katta ehtimol bilan, Qatarga qarshi o‘yinda ham bu muammo ko‘zga tashlanishi mumkin, lekin 3-turga kelib, yigitlar bir ritmni ushlab olishiga ishonchim komil. Agar guruhdan chiqsak, vakillarimiz yanada yig‘iq va tezkorroq harakat qilishni boshlaydi. Hozircha, "Olimpik"ning mehnatkash yigitlari va katta nomlar uyg‘unlashib ketishni uddalagani yo‘q. Bu omil Turkmanistonga qarshi bellashuvda yaqqol ko‘zga tashlandi. Biroq unutmaslik lozim, bu shunchaki repetitsiya.
Ochig‘i, Temur Kapadze musobaqada ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilganida, yengil tortdim. Yurtimizda bo‘layotgani va bizda qilingan mehnat natija bilan baholanishini inobatga olib, 23 yoshli yigitlardan iborat jamoa yig‘ilishidan xavotirim bor edi. "Olimpik" g‘oyasi o‘z kuchida ekanligidan xursand bo‘ldim. Har holda, O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan qit’a birinchiligi oltin medallari 3 kunlik eyforiyadan boshqa hech narsa bermaydi. Xitoydagi chempionlik so‘zimizga isbot bo‘ladi.
Yaponiya va Janubiy Koreyani ortiqcha muammosiz pley-offda yenggan yigitlarimizning hozir 70 foizi kutilgan darajaga ko‘tarilmadi. Qolgan 30 foizi esa, futbol radaridan chiqib ham ketdi. Shunday ekan, O‘zbekiston Olimpiya termasining turnirdagi istalgan natijasini munosib qabul qilishga tayyor bo‘lish lozim. Xatto, guruhda qolib ketsak ham bundan fojia yasash noo‘rin. Asosiy maqsadimiz Parij Olimpiadasi bo‘lar ekan, katta g‘alaba oldidan kichik to‘qnashuvlarda yengilishni o‘rganish shart.
To‘g‘ri, bu so‘zlarim g‘alati eshitilishi mumkin, ammo bunga tayyor turish shart. Hozir Kapadze qo‘l ostidagi yigitlar (faqat Abduvohid Ne’matov bundan mustasno) uchun bu ilk Osiyo chempionati. U23 jamoamizning bor e’tibori Parij yo‘llanmasiga qaratilgan. Hozir, Temur Tohirovich va uning jamoasidan natija talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q! Qaytaraman, bu katta o‘yin oldidan shunchaki repetitsiya! "Aktyor"lar unda o‘zini erkin his qilishi, bemalol ishlashi uchun imkon yaratish kerak.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi