
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp dunyoning eng zo‘r to‘rt markaziy himoyachisi uning qo‘l ostida to‘p surayotganini ta’kidladi.
Germaniyalik mutaxassis mudofaa chizig‘i vakillari – Virjil van Deyk, Joel Matip, Jo Gomes va Ibrohim Konateni o‘z ampluasi bo‘yicha eng zo‘r o‘yinchilar, deb e’tirof etmoqda.
- "Tarkibimizda futbol olamining eng zo‘r to‘rt markaziy himoyachisi bor. Shuningdek, chap va o‘ng qanotdagi o‘yinchilarimiz ham eng yaxshilardan hisoblanadi. Shuningdek, Simikas va Remzi kabi o‘yinchilarimizni ham hisobdan chiqarmang", - dedi Yurgen Klopp.
“Liverpul” o‘tgan mavsumda 38 ta uchrashuvda atigi 26 ta gol o‘tkazdi. Bu chempion jamoa – “Manchester Siti”niki bilan bir xil ko‘rsatkich. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar