
O‘zbekiston Kubogi 1\4 final doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Xayrli kech. Bugun ushbu mavzuga to‘xtalishni istamagandim, ammo gapirishga majburman. Bu hakamlik sovet davridan qolgan uy hakamligi bo‘ldi. O‘zbekiston kecha mustaqilligini bayram qildi, bunga 31 yil to‘ldi. Ammo hakamlik hamon o‘sha davrda qolib ketgandek. Bu futbolning ustidan kulish.
Men yigitlarga o‘yindan keyin rahmat aytdim. O‘zimizga gol olib keldik. O‘yinni nazorat qildik. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Chempionat o‘yinlari oldimizda, kurashni davom ettiramiz.
Darvozabonimiz biror marta raqibning ijodkorligi sababli hujumdan keyin to‘pga tegmadi. Qanotdan uzatilgan to‘plar va zarbalar o‘yin emas. Biz bu yerda qotib qolishni xohlamaymiz. O‘sishni istaymiz, zamonaviy futbol o‘ynamoqchimiz. Mag‘lubiyatga xatolarimiz sabab bo‘ldi. Shunday hakamlik bilan ham yutishimiz kerak edi.
"Navbahor"ning Kubokdagi imkoniyati haqida hozir hech nima deya olmayman. Oktabrda final, hammasini chempionat oxirida ko‘ramiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar