Luis Suares: Bunday samaradorlik o‘zimni ham hayron qoldirdi

"Barselona" klubi hujumchisi Luis Suares Xixonning "Sporting" (6:0) jamoasiga qarshi kechgan Ispaniya chempionatining 35-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.
– So‘nggi ikki uchrashuvda buncha ko‘p gollar soni o‘zimni ham hayron qoldirdi.Jamoaga yordamim tegayotganidan xursandman.
O‘z oldimga mavsumda 50ta gol kiritish maqsadini qo‘ymagan edim. Eng muhimi – Ispaniya chempionatida g‘alaba qozonish.
Ochig‘ini aytganda o‘yin biz uchun ko‘ngildagidek o‘tmadi. To‘pni bir-birimizga oshirish tezligi ham yuqori bo‘lmadi.
Tanaffusda bularni yo‘qqa chiqarish haqida o‘yladik, chunki eng yaxshi o‘yinimizni namoyish eta olmayotgandik. Messi? U jamoani nazorat ostida ushlaydi.
U yaxshi formada bo‘lsa, "Barselona" ajoyib o‘ynaydi. Biz xatolardan to‘g‘ri hulosa chiqardik va barchasi hamon o‘z qo‘limizda, – deydi Suares. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing