Bugun Superligada 21-tur o‘yinlariga start beriladi. 7-9 oktabr kunlari siz bilan biz 7 ta uchrashuvga guvoh bo‘lamiz. “Metallurg” – “Bunyodkor” juftligi bilan boshlanadigan tur “Nasaf” hamda “So‘g‘diyona” qarama-qarshiligi bilan yakun topadi. Muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis Shuhrat Rahmonqulov 21-tur juftliklari bo‘yicha o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.
7 oktabr (juma)
“Metallurg” – “Bunyodkor”
- “Metallurg” o‘z uyida o‘ynaydi. Hozirgi paytda har ikkala jamoada ham kayfiyat a’lo darajada. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham menimcha bu vaziyatda tajriba rol o‘ynaydi. Nazarimda, “Metallurg” jamoasi g‘olib chiqsa kerak. Imkoniyatlarni 60x40 desa ham bo‘ladi. Lekin katta hisob bo‘lmasa kerak.
8 oktabr (shanba)
“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv”
- Ikkala jamoa turnir jadvalida yonma-yon turibdi. “Qo‘qon-1912”ga ham, “Lokomotiv”ga ham g‘alaba suv va havodek zarur. Qo‘qonliklar “Surxon”ga qarshi uchrashuvda yomon o‘ynamadi. Faqat yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadi. Raqib esa aksincha vaziyatlarini golga aylantirib ketdi. O‘ylashimcha, bu yerda favorit “Qo‘qon-1912” bo‘lsa kerak. Bu jamoada ham tajribali o‘yinchilar bisyor. Yana bir pand berayotgan jihat shuki, “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida o‘ynamayapti. Baribir bu o‘yinda ushbu klubning imkoniyatini yuqori baholayman – 70x30.
AGMK – “Qizilqum”
- O‘ylaymanki, AGMK o‘z uyida ancha-munchaga yengiladigan jamoa emas. Ularda ham to‘rtlikka kirishga imkoniyat bor. Adashmasam, bu ikki klub turnir jadvalida yonma-yon ketyapti. AGMKga ham, “Qizilqum”ga ham g‘alaba zarur. Bu yerda favorit ko‘proq AGMK. 60x40 sifatida mezbonlarning imkoniyati ko‘proq. “Qizilqum”ga albatta qiyin bo‘ladi. Yuqorida aytganimdek, olmaliqliklarni o‘z maydonida yengish qiyin.
“Olimpik” – “Neftchi”
- “Olimpik” yosh jamoa. Har bir raqibga bosh og‘riq jamoa bo‘lib qoldi. O‘yin tarafalama yaxshi taassurot qoldirishmoqda. Baribir ularga tajriba yetishmaydi. “Neftchi”da esa tajriba bor. Tabiiyki, maydondagi har ikki klubning asosiy maqsadi g‘alaba qozonish. “Neftchi” oxirgi paytlarda g‘alaba qozonib kelayotgani uchun kayfiyati zo‘r. Ochig‘i, imkoniyatlarni 50x50 baholayman. Durang bo‘lsa kerak.
9 oktabr (yakshanba)
“Surxon” – “Paxtakor”
- Albatta, bu juftlikda favorit so‘zsiz “Paxtakor”. “Surxon”ga qaraganda ancha kuchli. Baribir “Paxtakor” nomi bilan ham “Paxtakor”. Fikrimcha, bu juftlikda aynan toshkentliklar g‘alaba qozonadi. Bu bilan “Surxon”ga imkoniyat yo‘q demoqchi emasman. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Mana, “Surxon” “Qo‘qon-1912”ga 2:0 ga yutqazayotib, 2:3 ga yutishini kim bilib o‘tiribdi?! Undan oldin “Surxon” “Lokomotiv”ni ham yutdi. Oson taslim bo‘ladigan klublar yo‘q. Oxirgi o‘rindagi “Dinamo” ham kurashyapti. Shuning uchun qandaydir natijani oldindan aytish qiyin. Biroq biz faqat o‘z taxminimizni bildiryapmiz. Shuning uchun “Surxon” – “Paxtakor” juftligida mehmonlar favorit va shunga yarasha foiz hisobida imkoniyatlar 30x70.
“Navbahor” – “Dinamo”
- Albatta, “Navbahor” har tomonlama “Dinamo”dan kuchli. Lekin bu futbol va unda har narsa bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p tajribali o‘yinchilar “Navbahor”da yig‘ilgan. “Bunyodkor” bilan uchrashuvda ham yomon o‘ynashmadi. Shunchaki, o‘zi yaratgan imkoniyatlaridan gol urolmadi, “Bunyodkor” esa vaziyatlardan foydalangandi. Bu safar “Navbahor” o‘z uyidagi imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasa kerak. 80x20 hisobida namanganliklar favorit. “Dinamo”da o‘zgarishlar va omadsizliklar bo‘lib, kayfiyat unchalik yaxshi emas. Har bir murabbiy o‘zi boshidan jamoa yig‘ishni xohlaydi. Shu sababli Abramovga qiyin bo‘lyapti. “Dinamo”da vaziyat og‘ir.
“Nasaf” – “So‘g‘diyona”
- Mana bu juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Haqiqatan “Nasaf” kuchli jamoa. Ko‘p yillardan beri futbolchilar bir-biri bilan o‘ynab kelmoqda. Ularning o‘z o‘yin uslubi bor. “So‘g‘diyona” OFK Kubogidagi uchrashuvda rosa harakat qildi, imkoniyatlardan foydalana olmasdan oxirida penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydi. “Nasaf” bilan uchrashuvgacha jizzaxliklar kuch yig‘ib olishadi, vaqt bor. O‘ylashimcha, mazkur juftlikda favorit “Nasaf”. Chempionlik uchun qattiq kurashayotgan qarshiliklar o‘z maydonidagi imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormasa kerak. “So‘g‘diyona”da balki biroz charchoq alomatlari sezilishi mumkin. Lekin ikkala klubning o‘yin uslublari boshqacha. Murabbiylar bir-biriga qanaqa taktika qo‘llashini hozir bilmaymiz. Imkoniyat 60x40 “Nasaf” yutsa kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...