18:13 / 19.11.2022
1 173

Otabek Shukurov: "O‘rtoqlik o‘yini bo‘lishiga qaramay, terma jamoa o‘yini har doim muhim ahamiyat kasb etadi"

Otabek Shukurov: "O‘rtoqlik o‘yini bo‘lishiga qaramay, terma jamoa o‘yini har doim muhim ahamiyat kasb etadi"
Termamiz yetakchisi, Turkiyaning "Fotih Karagumryuk" klubi xavbeki Otabek Shukurov Qozog‘iston bilan uchrashuvdan so‘ng (2:0) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- 15 yillik tanaffusdan so‘ng derbi yana qaytdi, prinsipial bahsda chiroyli g‘alabaga erishildi. O‘yin hakida fikrlaringiz qanday?
- G‘alabadan hamma xursand, o‘z maydonimizda yutuqqa erishganimiz quvonarli. O‘rtoqlik o‘yini bo‘lishiga qaramay, terma jamoa o‘yini har doim muhim ahamiyat kasb etadi, chunki muxlislar bizdan g‘alaba kutishadi. Bizning hozirgi rejalarimiz – Osiyo Kubogi va Jahon chempionati saralashiga tayorgarlik ko‘rish. Birinchi navbatda, taktik jihatdan yangi jamoa tuzish ustida bosh qotiryapmiz.

- So‘nggi yig‘inlarda terma jamoaga ko‘p futbolchilar jalb etilmoqda, ayniqsa, yosh o‘yinchilar. Terma jamoaning tajribali futbolchisi sifatida bunga qanday qaraysiz?
- Menimcha, bu juda to‘g‘ri qaror. Jahon chempionati saralash bahslari 2 yildan so‘ng boshlanadi. Hozirgi vaqtda yoshlarga imkon berilsa, ular 2-3 yildan so‘ng eng optimal formada katta turnirlarda ishtirok etishadi Ular jamoaning kelajagi, ertaga terma jamoada ham hozirgi yoshlar to‘p tepishadi. Hozirgi o‘yinlar esa yoshlarimizga katta tajriba beradi. Bizni oldinda Osiyo Kubogi va Jahon chempionati saralashi kutib turibdi. Yoshlar esa o‘sha musobaqalarda vatanimiz nomidan o‘ynashlari lozim, shuning uchun yoshlarga imkoniyat beraverish kerak.

- Katta turnirlar, bosim yo‘q, murrabiyga esa vaqt va resurs taqdim etilgan hozirgi vaqtda terma jamoadagm ichki muhit qanday holatda?
- Jamoada kayfiyat yaxshi. Hamma bir tan-u, bir jon bo‘lib harakat qilmoqda. Do‘stona muhit hukm suryapti, atmosfera a’lo darajada. Qachonki yaxshi jamoa yig‘ilganda, natijaga erishish munkun. O‘yinchilar qanday darajada bo‘lmasin, jamoa sifatida shakillanmagan bo‘lsa, natija bo‘lmaydi. Ko‘rib turganizgizdek, yaxshi jamoa bo‘lib yig‘ildik va shunga yarasha kichik bo‘lsa ham natija bor.

- Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi xaqida fikringiz?
- Rossiya – kuchli raqib. Aytib o‘tganimdek, biz har bir o‘rtoqlik bahsida jamoa tuzishga, o‘yinimiz sifatini yaxshilashga harakat qilamiz.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Shukurov: "O‘rtoqlik o‘yini bo‘lishiga qaramay, terma jamoa o‘yini har doim muhim ahamiyat kasb etadi"