
JCH-2022 guruh bosqich oxirgi turida Saudiya Arabistoni 1:2 hisobida Meksikaga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi.
“Meksika o‘yinni shiddat bilan boshlashini bilardik, chunki pley-offga chiqish uchun yirik to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishlari kerak edi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, darvozabonimizga rahmat, hisob bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Bir soniyaga ham umid qilmadik, ehtimol oxirgi uch daqiqadan tashqari, o‘zimizga ishonch qaytdi, ammo allaqachon kech bo‘lgandi.
Meksikaning bosimi tufayli qiynaldik. To‘pni ushlab tura olmadik. Jamoamizning asosiy muammosi shu: jangda jismonan teng bo‘lish kerak. Futbolchilarni tabriklayman, ammo bu o‘yinda g‘alabaga loyiq emasdik. Bunday jamoa uchun pley-offga chiqish doimo qiyin – Saudiya Arabistoni bunga bir marta 1994 yil erishgan. Mazkur uchrashuv oldidan buni takrorlashni niyat qilgandik, lekin o‘tgan bahsni hisobga olsak, bunga loyiq emasdik”, deydi saudiyaliklar ustozi Erve Renar.
Saudiya ArabistoniMeksika JamoasiJCH-2022Futbol MusobaqasiErve RenarO‘yin Natijasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar