
Niderlandiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli musobaqaning 10-turi yakuniga yetdi. Ma’lumki, Nodirbek Abdusattorov masters guruhidagi ajoyib ishtiroki bilan barchaning diqqat-markazida bo‘lib turibdi.
Ushbu turda u asosiy raqiblaridan biri xitoylik Ding Liren bilan murosa ko‘chasini tanladi. 10-turdan keyin Abdusattorov 7 ochko bilan hamon peshqadamlikni davom ettirmoqda.
 Chellenjerlar guruhi g‘olibligi uchun kurashayotgan Javohir Sindorov ham bu gal durang qayd etdi. Mezbon Ervin L'Ami bilan kechgan bellashuvdan so‘ng Sindorov 6.5 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etib turibdi.

Bugun musobaqa doirasida dam olish kuni hisoblanadi. Bahslar 27 yanvardan boshlab davom ettiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar