Toshkentdagi "Humo arena"da erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Hasanboy Do‘smatov - 51 kg vazn toifasida marokashlik Said Murtaji bilan ringga ko‘tarildi. Jangda hamyurtimiz navbatdagi g‘alabasiga erishdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Do‘smatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Raqibimni o‘rganganimda, uning to‘satdan hujumga o‘tadigan odati borligini ko‘rgandim. Bunga qarshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘zingiz ko‘rdingiz, birinchi raundda qorniga urishni reja qildik. Natijada ikkinchi raundda Said Murtajining ustunligini yopdim.
Bu sport. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Saken Bibossinov bilan birga jang o‘tkazishimiz kerak edi. Chunki u bilan hisob-kitobimiz 1:1 bo‘lib qolgandi. Endi u bilan qarama-qarshiligimiz qachonga qolganini bilmayman. Balki, Parij Olimpiadasi yoki Osiyo o‘yinlari kabi turnirlarda uchrasharmiz.
Asosiy raqibim? Agar mendan oldin kubalik bokschi yutgan bo‘lsa, u ham yaxshi raqib. Chempionatga tayyorgarlik jarayonini birga olib borganimda uni ko‘rib, o‘rgangan edim. Keyingi raqibim yaponiyalik jahon chempioni bo‘lgan bokschi. Albatta, Dipakni ham oldindan kuzatib boraman. U ham o‘ziga yarasha kuchli, - dedi Hasanboy Do‘smatov.
- Yegorov bilan jang azaliy orzuingiz edi? U Olimpiadadan oldingi turnirlarda Hasanboy Do‘smatov menga raqib emas, degandi.
- Shundan so‘ng u bilan to‘qnash kelmadik. Endi qachonlardir ringda to‘g‘ri kelib qolishimiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin