
Kecha Qatar poytaxti Doxa shahrida Osiyo Kubogi musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, milliy terma jamoamiz “V” guruhidan joy oldi.
Qur’a jarayonini bevosita voqea joyidan kuzatib borgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov terma jamoamiz joy olgan guruh to‘g‘risida shunday dedi:
“O‘zbekiston Avstraliya, va Suriyadek jiddiy raqiblar guruhidan joy oldi. Bu yerda Hindistonni ham hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. Chunki biz bilamizki, u yerda ham oxirgi yillarda futbol rivojlanishi juda jadallik bilan amalga oshirilyapti.
Qolaversa, Hindistonda xorvatiyalik kuchli murabbiy ish olib bormoqda. Hindiston ham kuchli jamoalardan biriga aylanib boryapti”, - dedi Ravshan Ermatov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar