Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun final janglari start oladi. Hal qiluvchi bellashuvlar 13-14 may kunlariga belgilangan. Biz e’tiboringizga finallarga eng ko‘p qaysi davlat bokschilari chiqqani borasida ma’lumot beramiz.
Eng ko‘p bokschilar O‘ZBEKISTONdan. Mamlakatimiz sharafini 7 nafar hamyurtimiz himoya qiladi. Ikkinchi o‘rinni 5 bokschi bilan Qozog‘iston egallagan. Kuchli uchlikni 4 sportchisi bor Kuba band etdi.
Quyida jahon chempionati finaliga qaysi davlat bokschilari chiqqani bilan tanishing:
O‘zbekiston
-51 kg. Hasanboy Do‘smatov
-54 kg. Oybek Jo‘raev
-57 kg. Abdumalik Xalokov
-63.5 kg. Ruslan Abdullaev
-67 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-71 kg. Saidjamshid Jafarov
+92 kg. Bahodir Jalolov
Qozog‘iston
-48 kg. Sanjar Tashkenbay
-54 kg. Maxmud Sabirxan
-67 kg. Dulat Bekbauv
-71 kg. Aslanbek Shimbergenov
-80 kg. Nurbek Oralbay
Kuba
-57 kg. Rodrigez Xorta
-60 kg. Alvarez Borges Erislandi
-75 kg. Ernandez Martinez
+92 kg. Arzola Lopez Fernando
Frantsiya
-51 kg. Bilal Bennama
-60 kg. Sofian Oumixa
Rossiya
-86 kg. Sharabutdin Ataev
-92 kg. Muslim Gajimagomedov
Gruziya
-48 kg. Saxil Alakveverdovi
Braziliya
-75 kg. Vanderley Pereyra
Ozarbayjon
-86 kg. Alfonso Domingez
Xitoy
-80 kg. Tanglatixan Tuoxetaerbike
Italiya
-92 kg. Aziz Abbos Muhidin
Mo‘g‘uliston
-63.5 kg. Chinzorig Baatarsu
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring