20 yoshga qadar futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati start oldi. Ochilish bahsida Xaver Maskerano boshqaruvidagi Argentina katta qiyinchilik bilan 2:1 hisobida vakillarimizdan ustun keldi. Bahs yakuniga yetgach, mezbonlar ishqibozlarining o‘yin borasida qoldirgan izohlari bilan qiziqdik. E’tiborlisi, ko‘plab katta nashrlar qoldirgan postlar tagida janubiy amerikaliklar Haydarov jamoasining munosib o‘yin namoyish etganini ko‘p bor ta’kidlagan. Hozir aynan o‘sha izohlarning e’tiborga moliklarini keltirib o‘tamiz.
“Toni Montano”:
“To‘g‘risi, bu futbolchilar bilan mundialda uzog‘i bilan yarim finalga qadar yetib borish mumkin, xolos. O‘zbekiston har jabhada bizdan qolishgani yo‘q. Ayrim daqiqalarda, hatto biroz ustunlik ham qildi. Yakunda g‘alaba biz tomonda bo‘lgan bo‘lsada, hech kim bundan xursand bo‘lgani yo‘q”.
“Mario Kempes”:
“O‘zbeklar kiritgan gol ko‘pchilikni shok holatiga tushirib qo‘ydi. Bizni bir nechta himoyachimiz ofsayd, deb o‘ylagani uchun harakatdan to‘xtab qoldi. Osiyoliklar esa o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Biznikilardan farqli o‘laroq, ular epizodni oxirigacha o‘ynab qo‘yishdi. VAR futbolga kirib kelgan davrda bu omil juda muhim. Murabbiy o‘z shogirdlariga hakam hushtagi chalinmaguniga qadar o‘yinni davom ettirish kerakligini tushunitirishi lozim. O‘yindan tashqari holat bor bo‘lsada, oxirigacha o‘ynash lozim. Keyinroq, VAR bu voqeani ko‘rib chiqadi”.
“Rikki Villa”:
“Xaver Maskerano birinchi bo‘limdayoq O‘zbekistonga taktik tomondan yengilayotgan edi. Karboni vaziyatni qutqarib qoldi. To‘g‘risi, O‘zbekistondan kelgan yigitlar menda yaxshi taassurot qoldirdi. Bizga esa hakam penalti belgilamagani qo‘l keldi. Shuningdek, Giay ham qizilga tortadigan epizodda sariq rangdagi kartochka bilan qutulib qoldi”.
“El Prinsipe”:
“O‘zbekiston kuchli edi. Ular Osiyo chempionlari. O‘yin umuman boshqacha ssenariy ostida o‘tishi ham mumkin edi. Bu bahsdan so‘ng Maskerano ko‘p narsalarni o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.
1. Birinchi navbatda qarshi hujumga o‘tayotgan raqibga qarshi taktik tayyorgarlik bilan harakat qilish.
2. Agirre va Soul qanotlarni almashtirgan holda to‘p tepishi lozim.”
“Kristian Pullo”:
Bu o‘yin hech kimni hayron qoldirgani yo‘q. O‘zbekiston kuchsiz raqib? Hech ham unday emas. Bizni ishqibozlar yoshlar futbolidagi raqiblarning nomidan kelib chiqib, kuchli va kuchsizga ajratishga o‘rgangan. Vaholanki, asosiy va yoshlar jamoasi boshqa-boshqa dunyo.
Haqiqat shuki, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bir necha yildan beri Osiyoda eng kuchli bo‘lib kelmoqda. Ular jahon chempionati saralash o‘yinlarida munosib ishtirok etgan holda qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘tgan jahon chempionatida finalga qadar yetib kelgan Janubiy Koreya ham OFK a’zosi ekanligini unutmagan bo‘lsangiz kerak! Ko‘plab osiyo jamoalari futbolchilarning texnik mahorati kamligini kuchli jamoaviy o‘yin, tarib-intizom bilan to‘ldirishga harakat qiladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, O‘zbekiston himoyada juda tartibli, qarshi hujumda xavfli o‘yin namoyish etdi.
“Insider”:
“Maskeranodan hech narsa kutmayapman. Shunga qaramay, futbolchilarga ishonaman.”
“San-isidro”:
“Barko va Agirre o‘zini munosib namoyish etdi. Karboni atrofida butun jamoa harakat qilayotgandek tuyuldi. Maskerano borasida iliq fikr bildira olmayman. U ketmoqchi bo‘lganida olib qolib, xatoga yo‘l qo‘yildi. Aniq bilaman, agar Argentina U-17 jamoasi bilan uning shogirdlari to‘qnash kelsa, o‘smirlar bu jamoani “dabdalasini” chiqaradi”.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi