
Shanba oqshomida “Manchester Siti” Angliya kubogi finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi derbida g‘alaba qozondi. Yarim himoyachi Ilkay Gyundoganning dubli "shaharliklar"ga navbatdagi sovrinni taqdim etdi.
E’tiborlisi, bosh murabbiy Xosep Gvardiola «Manchester Siti»dagi o‘tgan 7 yil davomida 13 ta sovringa ega chiqdi. Ispaniyalik mutaxassis 5 marta “shaharliklar”ni APL chempioniga aylantirdi. Shuningdek, Gvardiola qo‘l ostida jamoa ikki marta Angliya kubogi, to‘rt marta Angliya liga kubogi va ikki marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
“Manchester Siti” 10 iyun kuni Istanbulda Chempionlar ligasi finalida “Inter”ga qarshi maydonga tushadi. Aytish lozimki, “shaharliklar” o‘z tarixida ilk bor yevrokuboklarda g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar