16:55 / 10.06.2023
116

Mergen Orazov: "Tojikistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etib, uch ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz"

Mergen Orazov: "Tojikistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etib, uch ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz"
Turkmaniston termasi bosh murabbiyi Mergen Orazov CAFA Nations Cup musobaqasi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
 
- Musobaqa haqida
- Avvalambor, bu O‘rta Osiyo futboli uchun katta qadam. Mintaqada futbol rivojlanishiga katta yordam beradi deb o‘ylayman. Turnirdan umidlarimiz katta, terma jamoamiz uchun katta sinov bo‘ladi. O‘ylaymanki, ushbu musobaqada Turkmaniston terma jamoasi yaxshi ishtirok etadi.
 
- Musobaqaga start berilishidan avval ushbu musobaqa haqidagi fikrlaringiz...
- Ushbu musobaqa barcha terma jamoalarga foyda keltiradi va chiroyli musobaqa bo‘ladi deb o‘ylayman. Raqiblar kuchli, lekin biz ham o‘z o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak.
 
- O‘tgan yili Turkmaniston U-23 terma jamoasi Toshkentda kechgan Osiyo chempionatida juda yaxshi taassurot qoldirgan edi. Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida o‘sha tarkibdagi yigitlarni kuzatdingizmi va ushbu musobaqada terma jamoangizdan nima kutsak bo‘ladi?
- Maqsad – guruhdan chiqish. Tarkibimizda ko‘p futbolchilarimiz yangi. Har xil taktik uslublarni qo‘llashni niyat qilganmiz. Maqsadimiz – musobaqada 3-4-o‘rinni egallash.
 
- "Arqadag‘" klubi terma jamoa o‘yinchilarini bir tarkibga yig‘ib olgani Turkmaniston terma jamoasi uchun zararga ishlaydimi?
- Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ushbu jihatdan foydali tomonlarini ko‘rmoqdaman, sababi yigitlar bir jamoada o‘ynashi, ularning bir-biri bilan yaxshi chiqishishiga xizmat qiladi.
 
- Birinchi uchrashuv Tojikiston terma jamoasiga qarshi. Ertangi uchrashuvdan qanday natija kutmoqdasiz?
- Raqibni o‘rganmoqdamiz. Ertaga eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etib, uch ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.
 
- Arslanmirat, siz ko‘p yillar davomida O‘zbekiston chempionatida to‘p tepgansiz. Guruh bosqichida O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘tkazasizlar. O‘zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuvdan nimalar kutmoqdasiz?
- O‘zbekistonda faoliyat yuritganman va ushbu terma jamoaning kuchini bilaman. O‘zbekiston terma jamoasi ancha kuchli va juda yaxshi shakllangan, lekin biz Tojikiston terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, raqib kuchli, lekin biz ham o‘z uslubimizda o‘ynaymiz. Raqibdan qo‘rqish yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mergen Orazov: "Tojikistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etib, uch ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz"