19:58 / 17.06.2023
1 132

Shomurodov eronliklar “tolpa"sida qolib ketdi!

Shomurodov eronliklar “tolpa"sida qolib ketdi!

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali yangi xalqaro musobaqa –  “CAFA Nations Cup-2023” turniriga e’tibor qaratdi.

Ilk marotaba tashkil etilayotgan mintaqaviy musobaqada etti mamlakat – O‘zbekiston, Eron, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘mon milliy terma jamoalari g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Guruh bellashuvlariga Toshkent va Bishkek shaharlari mezbonlik qilmoqda.

Germaniyada joylashgan  transfermarkt.world portali mutaxassislari “CAFA Nations Cup-2023” musobaqasida qatnashayotgan futbolchilarning transfer summalarini e’lon qildi.

Ta’kidlash joizki, kuchli o‘nlikka faqatgina Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘yinchilari kiritildi.

Yangi turnirning eng qimmatbaho futbolchisi nomi Eron terma jamoasi forvardi Mehdi Taremiga tegdi. Mehdining bugungi kundagi narxi 18 million evroga baholangan. Taremi yakunlangan mavsumda “Portu” jamoasi tarkibida Portugaliya chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Mehdi 22 ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘ldi.

Keyingi pog‘onada Sardor Azmun qayd etilgan. Bir paytlar Eldor Shomurodov qatori Rossiya Premer-ligasida to‘p tepgan bu hujumchi hozir Bundesligada o‘ynamoqda. Azmun yakunlangan mavsumda “Bayer” safida 23 ta uchrashuvda o‘z hisobiga to‘rtta gol yozdirib qo‘ydi. Sardorning hozirgi narxi 12 million evroni tashkil qilmoqda.

Kuchli beshlikdagi eronliklar orasida faqat Eldor Shomurodov bor. Mavsumni “Roma”dan boshlab, “Spetsiya”da tugatgan hamyurtimizning transfer summasi yana bir million evroga pasayib, endi 6 million evroni tashkil qilyapti.

“CAFA Nations Cup-2023” xalqaro turnirining eng qimmatbaho futbolchilari o‘nligidan yana ikki nafar hamyurtimiz o‘rin olgan.

Turkiya chempionatida “Fatih Karagyumryuk” jamoasida mashhur italiyalik mutaxassis Andrea Pirlo qo‘l ostida o‘ynagan Otabek Shukurovning transfer summasi 2,5 million evroni tashkil qilmoqda va mohir yarim himoyachi bu ko‘rsatkich bilan oltinchi o‘rinda qayd etilgan.

Undan keyingi pog‘onani Saudiya Arabistoni chempionatida Krishtianu Ronaldu bilan birga “An-Nasr” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Jaloliddin Masharipov band etgan.

Hujumkor futbolchimizning ayni paytdagi transfer narxi ikki million evroga tenglashtirilgan.

Kuchli o‘nlik bilan tanishing:

  1. Mehdi Taremi (Eron milliy terma jamoasi) – € 18 mln;
  1. Sardor Azmun (Eron milliy terma jamoasi) – € 12 mln;
  1. Eldor Shomurodov (O‘zbekiston milliy terma jamoasi) – € 6 mln;
  1. Majid Husayniy (Eron milliy terma jamoasi) – € 3 mln;
  1. Alirizo Jahonbaxsh (Eron milliy terma jamoasi) – € 3 mln;
  1. Otabek Shukurov (O‘zbekiston milliy terma jamoasi) – € 2,5 mln;
  1. Jaloliddin Masharipov (O‘zbekiston milliy terma jamoasi) – € 2 mln;

  1. Sodiq Muharramiy (Eron milliy terma jamoasi) – € 2 mln;
  1. Husayn Kanaaniy (Eron milliy terma jamoasi) – € 2 mln;
  1. Mehdi Gaediy (Eron milliy terma jamoasi) – € 1,40 mln.

 “CAFA Nations Cup-2023” xalqaro turniriningQolgan terma jamoalarning eng qimmat futbolchilarining transfer summalari bilan tanishib oling.

Farshad Nur (Afg‘oniston milliy terma jamoasi) –€ 400000;

Beknaz Almazbekov (Qirg‘iziston milliy terma jamoasi) –€ 500000;

Saloh Al-Yahyoiy (O‘mon milliy terma jamoasi) –€ 500000;

Parvizjon Umarboev va Alisher Jalilov (Tojikiston milliy terma jamoasi) – € 650000;

Arslonmurod Omonov (Turkmaniston milliy terma jamoasi) – € 200000.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov eronliklar “tolpa"sida qolib ketdi!
ePN