Osiyo boks konfederatsiyasi IBA'ni tark etmoqchi

Osiyo boks konfederatsiyasi IBA'ni tark etmoqchi
Osiyo boks konfederatsiyasi IBA'ni tark etmoqchi
Foto: Championat
Osiyo boks konfederatsiyasi Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) a’zoligidan chiqish istagida.
 
Reuters xabariga ko‘ra, zarur boshqaruv, moliyaviy va axloqiy islohotlar amalga oshirilmagani uchun IBA XOQ tarkibidan chiqqani sababli, Osiyo boks konfederatsiyasi a’zolikdan chiqish haqida o‘ylamoqda.
 
22 va 23 iyun kunlari Bangkokda Osiyo konfederatsiyasi direktorlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Navbatdan tashqari kongressda tashkilot nizomiga o‘zgartirish kiritish va XOQ tomonidan tan olinadigan tashkilot a’zosiga aylanish ko‘rib chiqilgan.
 
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati, jumladan, 14 iyul kuni Ostona shahrida start olishi lozim bo‘lgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi chempionat ham boshqa muddatga qoldirildi.
 
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida boks janglarini tashkil etish huquqidan mahrum etgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar