08:00 / 06.07.2023
232

"Neftchi" bosh murabbiyi o‘ziga bildirilayotgan takliflar va To‘xtasinovning Malayziyaga ketishi haqida gapirdi

"Neftchi" bosh murabbiyi o‘ziga bildirilayotgan takliflar va To‘xtasinovning Malayziyaga ketishi haqida gapirdi

“Neftchi” klubining birinchi davradagi natijasidan xabardorsiz. Farg‘onaliklar 25 ochko to‘plab yozgi tanaffusga 3-o‘rinda chiqib ketdilar. Chempionatda mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan jamoa va uning bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoga ijobiy e’tiroflar yanglayapti. Ayniqsa, murabbiyga yana qiziqishlar ortyapti.

Hozircha uning jamoasi yozgi tanaffusga chiqqani yo‘q. Boisi, 6 iyul kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida Rossiya premer-ligasi vakili “Ural” klubiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuv oldidan Levchenko Sports.uz jurnalistining savollariga javob qaytardi.

- Vitaliy Grigorevich, birinchi davra ham tugadi. Birgina “Neftchi” hali Superligada yutqazmadi. 6 g‘alaba va 7 durang! Agar kimdir chempionat boshida sizga “Neftchi” birinchi davrada yutqazmaydi, biroq 6 g‘alaba va 7 ta durang o‘ynaydi, desa rozi bo‘larmidingiz?

- Dabdurustdan bu savolga javob qaytarish qiyin. Ammo shunga qaramasdan men bundan xursandman. Chunki jamoa birinchi davrani sifatli o‘tkazdi.

- Endi o‘zingiz haqingizda gaplashsak. Har xil gap-so‘zlar yuribdi. Qaysi jamoadan aniq taklif oldingiz?

- Mish-mishlarni izohlab o‘tirmoqchi emasman. Ayni paytda men “Neftchi” klubining murabbiyi hisoblanaman.

- Adashmasam, hoziroq tojikistonliklar sizni terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashga tayyorlar, shundaymi?

- “Neftchi” bilan tuzilgan shartnomamni oxirigacha yetkazmoqchiman. O‘shandan keyin vaziyat qanday yuz bersa, shunga qarab yo‘l tutaman.

- To‘g‘risini ayting: qayerda ishlash siz uchun qiziqarli: “Neftchi”dami yoki boshqa klubdami?

- Shuni aytishim mumkinki, “Neftchi”da amalga oshirayotgan ishlarimdan qoniqish hosil qilmoqdaman.

- Darvoqe, Nurillo To‘xtasinov endi Malayziya chempionatida to‘p suradi. Uni saqlab qolishning iloji bo‘lmadimi? Sir bo‘lmasa, Malayziya klubi futbolchi uchun “Neftchi”ga qancha kompensatsiya to‘ladi?

- Ha, rostdan ham Nurillo Malayziya klubiga o‘tmoqda. Unga moliyaviy tomondan a’lo darajadagi va uzoq muddatga mo‘ljallangan shartnomani taklif qilishdi. Qo‘shimchasiga futbolchimiz uchun ular kompensatsiya to‘lashgani bois biz bu taklifga rozilik bildirdik. O‘z navbatida futbolchimizni istak xohishini ham inobatga oldik.

- Yozda nechta yangi futbolchi olasiz?

- Ko‘pi bilan 5 nafar futbolchi.

- Hamma jamoa yozgi ta’tilda. “Neftchi” esa ikki marta “Ural” klubi bilan o‘ynaydi. Futbolchilaringizni bo‘lajak uchrashuvga qanday ruhlantiryapsiz?

- O‘ylaymanki, yosh futbolchilarimiz uchun bo‘lajak uchrashuv faqat foyda keltiradi.

Shuhratbek Jo‘rayev.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Neftchi" bosh murabbiyi o‘ziga bildirilayotgan takliflar va To‘xtasinovning Malayziyaga ketishi haqida gapirdi