22:00 / 09.07.2023
444

Shomurodovning transferi haqida “Roma” muxlislarining fikr-mulohazalari...

Shomurodovning transferi haqida “Roma” muxlislarining fikr-mulohazalari...

Turkiya chempioni “Galatasaroy” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Roma” rahbariyati bilan Eldor Shomurodovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

“Roma” tarkibda katta o‘zgarishlar qilishga urinyapti. Sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourino kelasi mavsum foydalanmaydigan o‘yinchilarni birin-ketin boshqa jamoalarga sotib yubormoqda.

Jumladan, Eldor Shomurodovning “Roma”dagi joyi kafolatlanmagan. Hozircha, aniq taklifni “Galatasaroy” jamoasigina berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Roma” muxlislari Shomurodovning Istanbul klubiga transferini keng muhokama qilyapti.

Sports.uz sayti e’tiboringizga rimlik futbol ishqibozlarining fikr-mulohazalarini havola etadi.

Pruzzo:

Tyagu Pinto “Galatasaroy”ga sotib olish huquqini 15 million yevroga o‘tkazishi kerak. Men yanvarda turklar Shomurodovni sotib olishiga aminman. Chunki Eldor Turkiyada ko‘p gol ura oladi. Agar o‘zbek hujumchisi o‘z o‘yinini topib olsa, gol urishini ko‘rasizlar. Muhimi, hamma gollari chiroyli chiqadi.

Solide realtà ex Sogni di Latta:

Eldor asosiy tarkibga loyiq o‘yinchi aslida. Maydon ichkarisidan hujum qilishni yoqtiradi. Turklar Konferensiya ligasida “Trabzonspor”ga urgan golini hali ham unutmagan bo‘lsa kerak.

Fabrizio 66:

“Roma” Eldorni ijaraga berib, Turkiya chempionatida ishlari yurishib ketishini kutadi. Keyin esa, yaxshiroq narxga sotib yuborish mumkin.

Erik971:

Turkiyada Enner Valensiya 29 ta, Mauro Ikardi 22 ta, Fabio Borini 19 ta gol urdi. Shomurodov superforvard emas, Jeoze Mourino unga “Roma”da taktik pozitsiyasini bergani yo‘q. Lekin shunga qaramay, Eldor kam vaqt ajratilgan pallada ham gol urishini inobatga olsak, Turkiyada o‘zbek hujumchisi o‘sha Borinidan ko‘p to‘p kirita oladi.

Gap ligalardagi o‘yin uslubida. Masalan, Ikardi Italiyada, ayniqsa, “Roma”da Shomurodovning natijalarini ham qayd etolmaydi, menimcha. Mauro Ikardi, ba’zi o‘yinlarda uchtalab gol urishi mumkin. Lekin “Inter”dek kuchli klublarda 90 daqiqa hech narsa qila olmaganini ham ko‘rganmiz.

Teofilatto:

O‘tgan yili Nikolo Dzanoloni arzon berib qo‘yganimizni inobatga olib, boy berilgan mablag‘ni Shomurodovning transferiga qo‘shib yuborish kerak.

CUCS:

Shomurodov “Roma”ning asosiy tarkibida o‘ynay olmaydi. Imkoniyat berilishini ikki yil kutdik.

Mou100:

Biz o‘yinchilarni berib yuboraversak, ularni olishdan nima naf? Birorta futbolchidan pulini chiqaradigan darajada foydalanmadik.

JOHAN CRUIJFF:

Mourino ish uslubini va munosabatini o‘zgartirmasa, keyingi keladigan hujumchining ham ahvoli xuddi shunday bo‘ladi.

Zenone:

Shomurodov transferi Rim va Istanbul o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlaydi.

Malta:

Shomurodov bu yil kamida 14 ta gol urishing kerak. Keyin qolganlar tiz cho‘kadi.

Monika:

Hujumga yangi nomlar kelmasa, Andrea Belotti, Ola Solbakken va Eldor Shomurodov bilan qolishimiz kerak. Oldinda bir necha musobaqa bor.

Vegemite:

Shomurodovni hujum chizig‘i yangi o‘yinchilar bilan to‘ldirilgandan keyingina boshqa jamoaga jo‘natish mumkin. Hozir, o‘zbek legionerini jamoada saqlab qolish kerak. Transfer bozori yopilish arafasida unga xaridor ko‘p bo‘ladi.

Pruzzo:

Menga Shomurodov hujumchi sifatida juda yoqadi. Uning “Jenoa” tarkibida “Olimpiko” stadionida ashaddiy raqibimiz “Latsio”ga urgan golini hech qachon unutmayman. O‘shanda rosa mazza qilgandim.

M.M:

Har qanday holatda ham Shomurodovni jamoada olib qolib, Belottidan qutilish kerak. Agar Eldorga Belottiga berilgan vaqt taqdim qilinganida jamoa golsiz qolmas edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning transferi haqida “Roma” muxlislarining fikr-mulohazalari...
ePN