12:46 / 30.07.2023
356

Shatskix: «Abbosga omad tilayman, ammo u borayotgan chempionatda o‘sish qiyin»

Shatskix: «Abbosga omad tilayman, ammo u borayotgan chempionatda o‘sish qiyin»

«Paxtakor» bosh murabbiyi Maksim Shatskix jamoa a’zosi Abbos Fayzullayevning Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tayotganini tasdiqlab, uni jamoada olib qolishga uringanini aytib o‘tdi.

«Abbos Fayzullayev bilan so‘nggi kunlarda besh marta gaplashdim, ammo buni foydasi bo‘lmadi. Uning ketayotgani men uchun kutilmagan hol bo‘lmadi. Sababi uni «Paxtakor»dan olib ketayotganlarni bilaman. Abbosga omad tilaymiz, asosiysi yangi klubida chetda qolmasa bo‘lgani, har holda u yo‘l olayotgan chempionat darajasi boshqa saviyada va u yerda o‘sishga erishish qiyin. U yerdagi o‘yinlar hech kimga qiziqmas, chempionatning saviyasi ham o‘smaydi. Unga omad tilaymiz.

Transfer oynasi yopilgunga qadar Fayzullayev o‘rniga o‘yinchi topishga ulgurmaymiz. Mahalliy o‘yinchi olsak bo‘ladi, ammo legioner taklif etish uchun kech bo‘ldi. Nima ham derdim, bu Abbosning shaxsiy tanlovi. U aqlli va tezkor futbolchi, o‘rnini topib ketishiga umid qilaman», - deydi Maksim Shatskix «Olimpik» - «Paxtakor» (0:2) o‘yinidan keyin.

Avvalroq, Abbos Fayzullayev 500 ming yevro transfer puli evaziga Toshkent klubidan Moskvaning SSKA jamoasiga o‘tayotgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Premer-ligasi jamoalari UYEFA tomonidan yevrokuboklardan chetlatilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shatskix: «Abbosga omad tilayman, ammo u borayotgan chempionatda o‘sish qiyin»