11:00 / 04.08.2023
264

Superliga 15-tur. Mutaxassis jamoalarning imkoniyatini qanday baholadi?

Superliga 15-tur. Mutaxassis jamoalarning imkoniyatini qanday baholadi?

4-6 avgust kunlari Superligada 15-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Oldinda qiziqishni o‘ziga jalb qilayotgan o‘yinlar bor.

Ikkinchi davra har bir klub uchun hal qiluvchi ahamiyat ega. Buni barcha yaxshi biladi. Shunday ekan, hech kim osonlikcha yutqazmaydi.

15-tur oldidan bu safar sobiq futbolchi, muxlislar mehrini qozongan Baxtiyor Hamidullayev o‘z munosabatini bildirdi.

4 avgust

“Andijon” – “Surxon”

- “Andijon” bilan ”Surxon” turnir jadvalida teng ketishyapti. Shunga yarasha maydonda ikkala jamoa tarafidan jiddiy kurash kechadi. Lekin “Andijon” o‘z uyida o‘ynayotganligi uchun muxlislarining daldasi bilan tashabbus ko‘proq mezbonlar tomonida bo‘ladi.

“Metallurg” – “Navbahor”

- “Navbahor” chempionlik uchun kurashyapti. Bu yo‘lda ular uchun har bir ochko oltinga teng. Namanganliklar bor kuchini sarflab Bekoboddan g‘alaba bilan qaytishga harakat qilishlari tayin.

5 avgust

“Turon” – “Nasaf”

- “Turon” o‘tgan turda safarda “Buxoro”ni yutib keldi. Endi o‘z maydonida muxlislari ko‘z o‘ngida “Nasaf”ga qarshilik ko‘rsatishga urinadilar. Lekin “Nasaf” ham chempionlik uchun kurashayotgan jamoa sanaladi. Shu bois menimcha, tashabbus ko‘proq “Nasaf”da bo‘ladi.

“Paxtakor” – “Neftchi”

- “Paxtakor” ham chempionlikka kurashyapti. “Neftchi”da ham sovrinli o‘rinni olishga yaxshi imkoniyat bor. Ammo “Paxtakor” o‘tgan safar O‘zbekiston Kubogida “Dinamo”ga sensatsion tarzda yutqazib qo‘ydi. Murabbiylarga “Paxtakor” “Neftchi”ni yutish vazifasi qo‘yilgan. Farg‘onaliklar durang o‘ynasa ham ularni koyishmaydi. Jiddiy kurash kechadi, ammo “Paxtakor” biroz ustunlik qilsa kerak.

“Buxoro” – “Qizilqum”

- Ikkita teng kuchli jamoalar. “Buxoro” o‘z uyidagi shu o‘yinda ham g‘alaba qozonmasa keyingi uchrashuvlarda yanada jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Shu sababdan “Buxoro” uyida borini berib yutishga o‘ynaydi.

6 avgust

“Bunyodkor” – OKMK

- 14-turda “Bunyodkor” ham, OKMK ham o‘z uyida mag‘lubiyatga uchradi. “Bunyodkor” bosh murabbiyining debyuti yaxshi chiqmadi. Bu uchrashuvda yutishga harakat qilib ko‘radi. Menimcha, ikkala jamoaning imkoniyatlari teng va durang qayd etilsa kerak.

“Olimpik” – “So‘g‘diyona”

- “So‘g‘diyona” Toshkentda “Bunyodkor”ni yutgani va “Olimpik”ni o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchraganini hisobga olsak, nazarimda biroz ustunlik “So‘g‘diyona” tomonida bo‘lsa kerak.

Shuhratbek Jo‘rayev.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga 15-tur. Mutaxassis jamoalarning imkoniyatini qanday baholadi?