Gvardiola: Men barcha jamoalar bilan muvaffaqiyatga erishganman, «Manchester Siti»da ham shunday bo‘ladi


“Manchester Siti” jamoasining yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Premyer-ligadagi faoliyati oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Men Angliya chempionati haqida ko‘p narsa bilmayman va oldindan hech narsani o‘rganmadik. Asosiy jihatlarni amaliyotda o‘zlashtirmoqchiman. “Bavariya”da ham shunday bo‘lgandi. Yangi narsalarni o‘rganish kerak.
Hamkasblarim Angliyada ishlash qiyin ekanini ta’kidlashmoqda. Germaniyada menga o‘yin uslubimni Angliyada ishlatish qiyin bo‘lishini aytishgandi. Men barcha jamoalarda muvaffaqiyatga erishganman, bu yerda ham shunday bo‘ladi”, – dedi Gvardiola.
Manba: www.fut.uz































Izohlar 0
…