date
views 203

Ro‘ziqul Berdiyev: "Qolgan jamoalar bilan solishtirganda biz nisbatan ma’noliroq o‘yin namoyish etyapmiz"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Qolgan jamoalar bilan solishtirganda biz nisbatan ma’noliroq o‘yin namoyish etyapmiz"

O‘zbekiston Superligasi 11-turdan qoldirilgan "Nasaf" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi. O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun mamlakatimizning ikki kuchli jamoasi kuch sinashdi. Katta o‘yinda kim ko‘p xato qilsa, o‘sha mag‘lubiyatga uchraydi. Raqib ko‘proq to‘p nazoratiga egalik qildi.

Legionerlar imkon qadar jamoaga yordam berish uchun harakat qilishmoqda. O‘zbek futbolida o‘z o‘rnini topib ketish oson emas. Yigitlar tezkor, intersif futbolga imkon qadar tezroq moslashishi kerak. Yigitlar ham buni yaxshi tushunib turishibdi.

Bugun Jigaurida ikkita ajoyib vaziyat bo‘ldi. Ammo u imkoniyatdan foydalana olmadi.

Har bir o‘yinimizda mazmun bor. Qolgan jamoalar bilan solishtirganda biz nisbatan ma’noliroq o‘yin namoyish etyapmiz.

Futbolchilarning har biriga alohida ta’kidlaymiz: shoshilmaslik muhim. Har qanday ishda sabr bilan harakat qilish lozim. Darvozabon Umid Ergashevga ham tezkor paslar bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berganmiz.

Nasrullayev jarohati borligi bois 3-4 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Shuning uchun bugun uni ertaroq zaxiraga olishga qaror qildik", - dedi mutaxassis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Qolgan jamoalar bilan solishtirganda biz nisbatan ma’noliroq o‘yin namoyish etyapmiz"