20:20 / 03.09.2023
155

O‘zbekiston Kubogi. “Navbahor” “Surxon”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Kubogi. “Navbahor” “Surxon”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Surxon" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Maydon egalari safida ikki golga ham Toma Tabatadze mualliflik qildi. U dastlab penaltidan unumli foydalandi. Keyin esa Abdumannopovning uzatmasini golga aylantirdi.

Shu tariqa, namanganliklar yarim finalga yo‘l oldi. "Surxon" esa 1/4 finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.

"Navbahor" - "Surxon" 2:0 

Gol: Toma Tabatadze 69'(penalti), Toma Tabatadze 90+7'

"Navbahor": 1. O‘tkir Yusupov, 5. Milosh Milovich, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 7. Oston O‘runov, 10. Jamshid Iskanderov, 14. Jamshid Boltaboyev, 21. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich, 24. Davronbek Hoshimov, 91. Toma Tabatadze.

"Surxon": 1. Artyom Potapov, 66. Behruz Shaydulov, 3. Sunnatulloh Xamidjonov, 6. Artyom Sokol, 55. Shohjahon Sultonmurodov, 8. Humoyun Sherbo‘tayev, 25. Behzod Shamsiyev, 2. Bobur Asqarov, 10. Tamirlan Jamalutdinov, 27. Asilbek Jumayev, 18. Silvanus Nimeli.

Zaxiradagilar: 13. Aziz Isakov, 99. Kamron Saydazimov, 5. Aziz Pirmuhammadov, 19. Nuriddin Hasanov, 9. Muhammad-Ali Abdurahmonov, 4. Shaxzod Toirov, 15. Diyor Ramazonov, 7. Doston Tursunov, 11. Jahongir Abdusalomov.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Kubogi. “Navbahor” “Surxon”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi