06:30 / 10.09.2023
266

Rossiya sport vaziri: Sport tadbiriga yondashuv bizni ijobiy ma’noda hayratlantirdi

Rossiya sport vaziri: Sport tadbiriga yondashuv bizni ijobiy ma’noda hayratlantirdi

O‘zbekistonning sport tadbiriga yondashuvi bizni ijobiy ma’noda hayratlantirdi, deydi Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin.

"Ushbu sport tadbiri qadimiy Xivada bo‘lib o‘tayotgani juda muhim ahamiyatga ega. Chunki sportchilar bu yerda nafaqat sport bayrami muhitini, balkim ular sport qadimdan ushbu mamlakat va ushbu shahar madaniyatining bir qismi ekanini ham his qilishadi.

Bugun biz tarixiy maydonlarda jihozlangan sport arenalarni tomosha qildik. Sportchilar uchun bu biroz noodatiy bo‘lishi mumkin, lekin bu bizni ijobiy ma’noda hayratlantirdi. Bu sport imidjini yaratishda yangi yondashuv", - dedi Matitsin.

Eslatib o‘tamiz, Xivada 7-10 sentyabr kunlari xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchi, chet davlatlar sport delegatsiyalari ishtirok etadi. Sport vaziri Oleg Matitsin boshchiligidagi Rossiya delegatsiya ham ushbu festivalga taklif qilingan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya sport vaziri: Sport tadbiriga yondashuv bizni ijobiy ma’noda hayratlantirdi