13:50 / 10.09.2023
175

Shon Striklend: "Meni uyg‘otib yuboringlar, iltimos!"

Shon Striklend: "Meni uyg‘otib yuboringlar, iltimos!"

UFC tarixidagi eng dahshatli apsetlardan birini amalga oshirib, o‘rta vaznning dominant chempioni Israel Adesanyani (24-3) mag‘lubiyatga uchratgan amerikalik Shon Striklend (28-5) chempionlik kamarini qo‘lga kiritganidan keyingi birinchi intervyuda ishtirok etdi:

"Bu nimasi?! Tushmi bu?! Kimdir meni o‘rnimdan turg‘izsin, iltimos! Bu yerda sodir bo‘lgan hodisani yetti uxlab tushingda ham ko‘rmaysan. Men erkakman va yig‘i-sig‘i bilan emotsiyalarimni bildirmoqchi emasman. Ammo, o‘zimni zo‘rg‘a tiyib turibman.
Izzi - ko‘p nokautlar kolleksiyasiga ega kuchli yigit. Ishonasizmi, u mening bir qancha do‘stlarimni deyarli qo‘l uchida yenggan. Shu sababdan ba’zan o‘zim haqimda ham ikkilanib qoldim.

Barcha, mahalliy avstraliyalik muxlislarga tashakkur. Sizlar menga ilhom bag‘ishladingiz. Men hazillashmadim. Jang boshida, raund oralig‘ida sizning qo‘llab-quvvatlashingizni his qildim. Shu darajada ko‘p mashg‘ulot o‘tkazdimki, har kuni bir qancha asab tolalarimni tavakkalga qoldirardim.

Bugun oktagonda hamma joy qonga to‘lsa kerak deb o‘ylagan edim, lekin, aksinchasi bo‘ldi. Bu mening tilimga so‘z kelmayotgan birinchi holat. Aytishim mumkinki, belimdagi kamar hech nimani anglatmaydi. Uyingizda sizga berilgan hayotni shodlikda kechirayotganingiz bu barcha tituldan lazzatliroq hissiyot!"


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shon Striklend: "Meni uyg‘otib yuboringlar, iltimos!"