date
views 354

U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Eronni mag‘lub etib Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Eronni mag‘lub etib Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

U-23 Osiyo kubogi saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv vakillarimizning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

47-daqiqada Abduqodir Husanovning ideal uzatmasidan so‘ng Abbosbek Fayzullayev hisobni ochdi. Shundan keyin Fayzullayev va Norchayevda yana bir nechta vaziyatlar bo‘ldi. Biroq vakillarimizga gohida aniqlik yetishmagan bo‘lsa, gohida raqib posboni ishonchli harakat qildi.

Shu tariqa, Timur Kopadze shogirdlari birinchi o‘rin bilan guruhdan chiqishdi.

Osiyo Kubogi U-23 saralashi

"E" guruhi. 3-tur

O‘zbekiston U-23 — Eron U-23 1:0

Gol: Abbosbek Fayzullayev (Abduqodir Husanov) 47'

O‘zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 3.Abduqodir Husanov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 9.Ulug‘bek Hoshimov (22.Alisher Odilov 59'), 10.Jasur Jaloliddinov (s), 14.Abbosbek Fayzullayev (20.Ruslan Jiyanov 90+3'), 15.Umarali Rahmonaliyev, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev (2.Saidazamat Mirsaidov 90+3'), 23.Abdurauf Bo‘riyev.

Zaxira: 1.Abduvohid Ne’matov, 21.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Odil Abdumajidov, 7.Hojimat Erkinov, 8.Ibrohim Ibragimov, 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 13.Mahmud Mahamadjonov, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Diyor Xolmatov.

Eron: 1.Muhammadrizo Halidabadi, 2.Saman Turaniyan (7.Muhammadhussayn Islomi 84'), 3.Husayn Goodarzi, 5.Muhammad Amin, 8.Javad Hussaynezhad, 9.Saidallohyor Sayyadmanesh, 10.Yasin Salmoni (s) (13.Aria Yusufi 84'), 14.Amir Jafari (17.Muhammadmahdi Ahmadi 84'), 16.Muhammad Gorbani, 19.Ali Pur Dara, 23.Muhammadrizo Bordbar.

Zaxira: 12.Sina Saidifar, 22.Payam Parsa, 4.Danial Iri, 6.Alirizo Bavieh, 11.Seyedaria Barzegar, 15.Said Muhammad Taha, 18.Aliasgar Sadeghinasab, 20.Mahdi Hoshimnazhad, 21.Sina Gasemi.

Ogohlantirishlar: Abduqodir Husanov 40', Ulug‘bek Hoshimov 41', Muhammad Amin 45+3', Yasin Salmoni 55', Muhammadrizo Bordbar 80', Abduqodir Husanov 90', Ruslanbek Jiyanov 90+4'

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Eronni mag‘lub etib Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi