date
views 1 239

“Lans” Husanovni qo‘yib yuboradi

“Lans” Husanovni qo‘yib yuboradi

FIFA kunlari yakunlanib, turli klublardan o‘z mamlakati terma jamoalariga jalb qilingan futbolchilar yana chempionat o‘yinlariga qaytmoqda.

Frantsiya vitse-chempioni Lans ham xalqaro maydondagi o‘rtoqlik va rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etgan futbolchilari haqida ma’lumot berdi.

Bu klub markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov O‘zbekiston U23 terma jamoasiga taklif qilingan edi. Timur Kapadze shogirdlari Toshkent shahri mezbonlik qilgan Osiyo kubogi saralash musobaqasining E guruhidagi o‘yinlarda qatnashdi.

Frantsiya futbolini yoritayotgan manbalar Abduqodir Husanovning terma jamoadagi ishtirokini kuzatib bordi va muxlislar uchun muhim ma’lumotlarni etkazdi.

- “Lans”ning yosh himoyachisi Abduqodir Husanov xalqaro tanaffus vaqtida O‘zbekiston U23 terma jamoasi uchun o‘ynadi. Turnir juda muhim ahamiyatga ega edi.Chunki jamoa 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash o‘yinlarida qatnashdi. Vazifa muvaffaqiyatli bajarildi.

Afg‘onistonga qarshi o‘tkazilgan va o‘zbeklarning 8:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanshan birinchi o‘yinda Husanov zaxiradan maydonga tushdi. Himoyachi keyingi ikki bahsni boshlang‘ich tarkibda boshladi. Uning jamoasi Gonkongni 10:0, Eronni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Lans” o‘yinchisi jamoasining ikki g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi va bu bellashuvlarda terma jamoa darvozasi daxlsiz qolishida xizmati katta bo‘ldi.

O‘zbekiston saralash musobaqasida yuz foizlik natija – 9 ochko bilan Osiyo kubogining final bosqichiga chiqdi, - deb yozdi lensois.com jurnalisti Kristof Shaad.

 - 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar qatnashadigan Osiyo kubogining final qismi 2024 yilning 15 aprelidan 3 mayigacha Qatarda o‘tkazaladi. Biroq bu payt Frantsiya chempionati davom etayotgan bo‘ladi. Liga 1 bahslari 18 maygacha belgilangan. Husanov Qatardagi turnirda qatnashib, terma jamoasini Parijda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga chiqishiga yordamlashishi kerak. Osiyo kubogida kuchli uchlikdan o‘rin olgan terma jamoalarga olimpiya litsenziyasi beriladi, - deb yozdi le11hdf.fr sayti.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Abduqodir Husanov futbol sir-asrorlarini “Bunyodkor”ning yoshlar jamoasida o‘rgangan. Professional faoliyatini xorijda – Belarus oliy ligasi vakili “Energetik-BGU”da boshladi.

2023 yil davomida Abduqodir Husanov 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi. Keyin shu terma jamoa bilan Argentinadagi jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatdi.

Iste’dodli yosh himoyachining salohiyatini yuqori baholagan “Lans” Abduqodirni transfer qildi. Hozircha, Husanov Frantsiya chempionatida debyutini nishonlagani yo‘q.

“Lans” milliy chempionatning navbatdagi – 5-tur uchrashuvini 16 sentyabr kuni o‘z maydonida “Mets” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Lans” Husanovni qo‘yib yuboradi