date
views 154

Vassim al Mualla: "Nasaf"ning ko'pgina o'yinini kuzatib, kuchli va zaif tomonlarini bilib oldik"

Vassim al Mualla: "Nasaf"ning ko'pgina o'yinini kuzatib, kuchli va zaif tomonlarini bilib oldik"

OCHLning 1-turi doirasida "Al Faysaliy" - "Nasaf" uchrashuvidan oldin mezbonlar murabbiyi Vassim al Mualla va jamoa sardori Baha Abdul Rahmon matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vassim al Mualla: "Turnirda imkon qadar uzoqroqqa etib borishga harakat qilamiz. Tahlilchimiz bilan birga raqibni o'rganish borasida ancha ishlar amalga oshirdik. "Nasaf"ning ko'pgina o'yinlarini kuzatib, kuchli va zaif tomonlarini bilib oldik.

Jamoamiz bo'lajak o'yinga tayyor. Yusuf al Jalbush guruh bilan birga mashg'ulotlarga kirishdi. Umuman olganda, bizda yuqori salohiyatga ega futbolchilar etarlicha.


O'rtoqlik uchrashuvlari orqali yangi o'yinchilarning imkoniyatini baholab oldik, yuqori tayyorgarlik ega futbolchilar bo'lajak bellashuvda ishtirok etadi. Mavsum avvalida jamoaning hujumkorligini yaxshilash bilan birga futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish ustida ishladik".



Baha Abdul Rahmon: "Bizni doimiy qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz va ularning ishonchini oqlashga vada beramiz. Turnirda ishtirok etayotgan barcha jamoalar kuchli. Musobaqadagi startimizni ijobiy natija bilan boshlashga intilamiz".

Eslatib o'tamiz, "Al Faysaliy" — "Nasaf" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vassim al Mualla: "Nasaf"ning ko'pgina o'yinini kuzatib, kuchli va zaif tomonlarini bilib oldik"