Devis kubogi: Farruh Do‘stovning g‘alabasi terma jamoamizni plef-offga olib chiqdi

Uch kun davomida poytaxtimiz Devis kubogining Osiyo va Okeaniya mintaqasi birinchi guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Xitoy terma jamoasi o‘rtasida bellashuvlariga mezbonlik qildi.
So‘nggi kunning birinchi bellashuvida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin xitoylik Chjen Changa qarshi kortga chiqib, besh set davom etgan bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu bilan Chin yurti vakillari umumiy hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi.
Kunning ikkinchi - hal qiluvchi bellashuvida esa Farruh Do‘stov hitoylik tennischi U Di bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan uch setli bahsda hisoblarida mag‘lub etib, terma jamoamizni pley-off bosqichiga olib chiqdi.
Devis kubogi
Denis Istomin (O‘zbekiston) - Chjen Chan (Xitoy) - 6:3, 7:5, 6:2, 1:6, 4:6
Farruh Do‘stov (O‘zbekiston) - U Di (Xitoy) - 7-6 (7-1), 6-3, 7-6 (7-5) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing