"Eyr Fors" bosh murabbiyi: "Toshkentga kech yetib keldik. Lekin o‘z rejamizni amalga oshirishga harakat qilamiz"
Foto: championat.asia
Anjumanning ikkinchi qismida iroqliklar ustozi Ayub Odisho va futbolchi Ibrohim Bayesh fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Muhim uchrashuv kutmoqda. O‘yin darajasini ikki jamoa ham tushunib turibdi. OKMK ham, biz ham o‘zimizga kerakli ochkoni qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz".
- Jamoa Toshkentga juda kech yetib keldi va hali mashg‘ulot o‘tkazmadi. Bu degani ertaga tayyorgarliksiz maydonga tushadi. Sizni mazkur faktorlar xavotirga solmayaptimi?
- To‘g‘ri. Lekin parvozdan oldin tongda mashg‘ulot o‘tkazganmiz. Bizda faqat maydon haqida tasavvurimizni to‘liq qilib olishimiz qoldi, xolos.
- Ertangi o‘yinda natija ko‘ngildagidek bo‘lmasa, rahbariyat sizdan talab qiladi. Lekin bugungi o‘yinga yetib kelishdan oldingi muammolar, parvozlar, tashkilotchilikdagi tushunmovchiliklar ta’sir qilishidan qo‘rqmaysizmi?
- Ha biz kechikdik. Lekin bizning o‘z rejamiz bor. Buni amalga oshirishga harakat qilamiz.
- OKMK haqida murabbiyda qanday tasavvur shakllangan va raqibni qanchalik o‘rgangan?
- Avvalambor biz o‘z jamoamizga ishonamiz. Biz raqibni xato qilishga majbur qilib, imkoniyatimizdan foydalanishga harakat qilamiz.
Ibrahim Bayesh (futbolchi): - Bu muhim o‘yinligini his qilib turibmiz. O‘zbek jamoalari bilan yaxshi tanishmiz.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring