Superliga. OKMK Navoiyda "Qizilqum"dan ustun keldi

Superliga. OKMK Navoiyda "Qizilqum"dan ustun keldi

O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - OKMK bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 1:2 hisobida zafar quchdi.

Maydon egalarining yagona goliga Islom Kenjaboyev muallliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning ikki goli Sanches va Hasanov nomiga qayd etildi. Shuningdek, 90-daqiqada Kenjaboyev penaltidan unumli foydalana olmadi.

Shu tariqa, "konchilar" 36 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi. 18 ochkosi bor "Qizilqum" 12-pog‘onadan joy egallagan.

"Qizilqum" – OKMK 1:2

Gollar: Islom Kenjaboyev (Akaki Shulaya) 28, Ruben Sanches (penalti) 50, 1:1, Muhammadanas Hasanov (Martin Boake) 70, 1:2

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 5.Samandar Shukurillayev, 6.Murodbek Rahmatov, 10.Islom Kenjaboyev, 11.Akaki Shulaya, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G‘iyosov, 23.Sherali Jo‘rayev ( 92.Marko Simonovski,77), 24.Ifeani Ifeani, 25.Azizbek Usmonov (s), 77.Giorgi Kuxianidze.

Zaxira: 16.Dilshod Yo‘ldoshev, 7.Davron Anvarov, 9.Humoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 30.Islomjon Toshpo‘latov, 44.Jo‘rabek Mannonov, 79.Diyor Rahmatilloyev, 87.Alisher Sanoyev.

OKMK: 25.Valijon Rahimov, 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Ruben Sanches, 10.Xurshid G‘iyosov, 15.Oybek Rustamov, 17.Sanjar Tursunov (s), 19.Muhammadanas Hasanov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (29.Vitaliy Denisov,17), 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov, 86).

Zaxira: 12.Dilshod Yoqubov, 4.Mirjamol Qosimov, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 24.Murat Yermatov,  34.Ulug‘bek Sunnatov, 38.Sirojiddin Bashriddinov, 88.Siyavash Haqnazariy.

Ogohlantirish: Javohir Ilyosov ("Qizilqum") 49, Xurshid G‘iyosov (OKMK) 54, Azizbek Usmonov ("Qizilqum") 82, Anzur Ismoilov (OKMK) 88.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar