01:10 / 24.11.2023
262

Xose Venansio Lopes: "Yaqin kelajakda O‘zbekiston Eron va Yaponiya kabi top jamoalar qatorida bo‘ladi"

Xose Venansio Lopes: "Yaqin kelajakda O‘zbekiston Eron va Yaponiya kabi top jamoalar qatorida bo‘ladi"

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Yaponiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

- Bugungi uchrashuv yuqori temp ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda mag‘lub bo‘lganimizga qaramasdan, ikkinchi taymda hisobni tenglashtira oldik. Ammo raqib o‘yin so‘ngida gol urdi va g‘alabani ilib ketdi. Durang - adolatli natija bo‘lar edi.

- Amaldagi Osiyo chempionlariga qarshi ruhiy tomonlama tayyorgarlik ko‘rish qiyin bo‘ldimi?

- Yaponiya juda ham kuchli terma jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi. Yaponlarga qarshi o‘yinga tayyorlanish oson emas. Lekin biz ham yomon o‘yin o‘ynamadik. Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi ehtiyotkorlik bilan o‘ynay boshladi. Umuman olganda o‘yinni biz nazorat qildik. Ushbu ustunlikni hisobda ko‘rsata olmadik xolos. Bugungi uchrashuvda yo‘l qo‘ygan xatolarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Tarkibda jarohatlanganlarning yo‘qligi natijaga qanchalik ta’sir qildi deb o‘ylaysiz?

- Bor e’tiborimizni yosh futbolchilarga qaratdik. To‘g‘ri, jarohat olgan futbolchilarning yo‘qli bizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi, ammo biz yangi nomlarni ham kashf etdik. Shu sabab bugungi uchrashuvga qattiq tayyorlangan edik. Hozir terma jamoa tarkibida avval deyarli to‘p tepmagan futzalchilar ham o‘z imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu yaxshi holat. Shunday ishlashda davom etsak, nafaqat Osiyoda, balki, butun dunyoda bizni tanishni boshlashadi.

- Osiyo chempionlariga qarshi ikki uchrashuv o‘tkazdingiz. Osiyo futzali haqida dastlabki taassurotlaringiz qanday? Yaponiya kabi Osiyo mintaqasidagi top jamoalarining darajasiga baho berib o‘tsangiz.

- Hozirgi kunda Osiyo futzali juda tez rivojlanmoqda. Masalan Yaponiya dunyoda 12-o‘rinda turadi. O‘zbekiston terma jamoasi shunday rivojlanishni maqsad qilgan. Kelajakda o‘zbek futzali Eron va Yaponiyalar kabi top jamoalar qatorida bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xose Venansio Lopes: "Yaqin kelajakda O‘zbekiston Eron va Yaponiya kabi top jamoalar qatorida bo‘ladi"