Shvetsiyalik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi Otto Vallinning ta’kidlashicha, uning hozirgi raqibi Entoni Joshua ayni paytda zaif ahvolda. Ottoning so‘zlariga ko‘ra, Ruisdan va Usikdan uchralgan mag‘lubiyatlar britaniyalikning psixologiyasiga salbiy ta’sir qilgan.
“Hozir Joshua bilan jang qilishning eng qulay payti. U havaskorlardan hammani nokautga uchratdi.Professional boksga o‘tganida ham ko‘plab g‘alabalarga erishdi. Hattoki u Vladimir Klichkoni nokautga uchrata oldi. Ammo keyin Joshua Ruisga yutqazdi va negadir to‘xtab qoldi. Ikki bor Usikka ham mag‘lub bo‘ldi. Shu bois, hozirda Joshua o‘zini ruhan zaif deb hisoblamoqda.Shuningdek, u zarbalarni o‘tkazib yuborishni va jarohat olishni yoqtirmaydi. Joshua doim odamlar u haqida nima deb o‘ylashidan xavotirda. U hatto tanqidni ham ko‘tara olmaydi", - dedi Vallin.
Eslatib o‘tamiz, Vallin(26-1, 14 KO) va Joshua(26-3, 23 KO) qarama-qarshiligi 23 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring