Vitaliy Levchenko — Superligada 2023 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 2023 yilgi mavsumining eng yaxshilari aniqlanmoqda.

“Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshi deb topildi.
Ukrainalik mutaxassis ushbu sovrin uchun kurashda Maksim Shatskix (“Paxtakor”) va Ro‘ziqul Berdiyevdan (“Nasaf”) ustun keldi.
Farg‘ona jamoasi 2023 yilgi mavsumni 45 ochko to‘plab, 5-o‘rin bilan yakunladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing