
Bugun "Neftchi" klubi rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, o‘tgan mavsumda "Olimpik" tarkibida to‘p tepgan iqtidorli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov "Neftchi" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida, Jasur Jaloliddinov o‘tgan mavsumda Superliga musobaqsida jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylandi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, futbolchi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining sardori sifatida shu kungacha ko‘plab rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonda harakatlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.