O‘zbekiston terma jamoasi nimchorak final Tailandga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishdi davom etmoqda. Terma jamoamizning bugungi mashg‘ulotida "Nasaf" klubi futbolchisi Sherzod Nasrullayev saytimizga intervyu berdi.
- Sherzod yaqindagina jarohatdan qaytdingiz va mashg‘ulotlarga qo‘shildingiz. O‘zingizni qanday his etmoqdasiz?
- Jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lganim yo‘q. Mashg‘ulotlarga kirishdim, ammo maydonga to‘sha olishim aniq emas. Hali yuz foiz tayyor emasman.
- Tailandga qarshi tayyorgarlik qanday kechmoqda?
- Raqibni o‘rganyapmiz. Kayfiyatimiz yaxshi. Hammasi yaxshi rejamiz bo‘yicha ketmoqda.
- Qanot himoyachilari chizig‘ida katta yo‘qotishlar bo‘ldi va tanqidlar bo‘ldi. Jarohat sababli maydonga tusha olmagan uchrashuvlarda sizning o‘rningizni yosh futbolchi Zafarmurod Abdirahmatov egalladi. Qanot himoyachilari, ya’ni sizning pozitsiyangizdagi futbolchilarning Osiyo kubogida namoyish etayotgan o‘yiniga qanday baho berasiz?
- Qanot himoyachilari yaxshi o‘ynashmoqda. Zafarmurod yaxshi o‘yin namoyish etdi. Farruh aka Sayfiyev ham ancha tajribali futbolchi. Qanot himoyachilari stabil va yaxshi o‘ynashmoqda deya olaman.
- Tailand terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz? Ularning darajasiga qanday baho berasiz?
- Avvalari Tailand futbolini kuchsiz deb o‘ylardim. Biroq hozir ular katta o‘sishga erishibdi. Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan uchrashuvni tomosha qildim va ular juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi.
- "Nasaf"ning Chempionlar ligasidagi so‘ngi uchrashuvini Dohada o‘tkazgan edi va siz uchrashuvdan keyin Dohada qolgandingiz. O‘sha vaqti siz "Al-Sadd" va Qatar jamoalari bilan muzokara olib boryapsiz degan xabarlar tarqalgan edi. Shu gaplar qanchalik rost?
- Ha, men Dohada qolgandim, lekin Qatar klublari bilan muzokara olib borish uchun emas. Men Dohada oilam bilan ta’tilda edim. "Al-Sadd"ning qiziqishi bo‘lgani rost, ammo muzokara olib borilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”