14:30 / 05.02.2024
295

"Mas’uliyatdan qochish va jamoani psixologik jihatdan tayyorlay olmaslik" – Sport psixologi Katanetsning xatti-harakatlari haqida

"Mas’uliyatdan qochish va jamoani psixologik jihatdan tayyorlay olmaslik" – Sport psixologi Katanetsning xatti-harakatlari haqida
Ko‘plab futbolchi, xokkeychi va gimnastikachilar bilan ishlagan rossiyalik sport psixologi Aleksandra Xusainova O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga bergan javoblari va uning xatti-harakatlarini tahlil qilib chiqdi.

- Diplomatiya nuqtayi nazaridan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyini faqat maqtash mumkin. U barcha dolzarb savollardan qochib qutula olgan. O‘yinchilar 100 yoki hatto 120% kuchlarini berishdi. U esa ketmoqchi emas, chunki minimal maqsadni bajarishning uddasidan chiqdi. Ammo diplomatik javoblar har doim javobgarlikdan qochishni anglatadi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, hammasi joyida, hamma zo‘r, lekin futbolchilar psixologik jihatdan tayyor emasdi. Bu professional sportda juda muhim bo‘lgan kichik detaldir.

Ha, bu arzimas narsaga o‘xshaydi. Biroq futbolchilarning psixologik holatiga kim javobgar? Bu bilan sport psixologlari shug‘ullanadi, masalan, Koreya Respublikasi terma jamoasida Avstriyadan kelgan mutaxassis ishlaydi. Agar sport psixologi bo‘lmasa, bu mas’uliyat bosh murabbiyning gardaniga tushadi. Shunda murabbiyga mantiqiy savol tug‘iladi: nega futbolchilar penaltilar seriyasiga tayyor emasdi? Bu savolni undan boshqasiga berib bo‘lmaydi.

Tabiiyki, murabbiylar kamdan-kam hollarda o‘zlarini aybdor deb bilishadi. O‘yinchilar bunday holatda ko‘pincha qayg‘uga cho‘mishadi. Aybdorni topish hech qayerga olib bormaydigan yo‘l sanaladi. Axir, professional sportda bir kishi aybdor bo‘lishi deyarli hech qachon kuzatilmaydi. Bu yerda oilaviy hayotda bo‘lgani singari har kim o‘z yo‘lida aybdor. Faqat murabbiy yoki ma’lum futbolchilarni ayblab bo‘lmaydi. Shunday jamoa shakllantirgan va shunday murabbiyni tayinlagan tizim bor. Psixolog sifatida uning suhbatini tahlil qilar ekanmiz, murabbiyga savollarim bor. U futbolchilarning psixologik tayyorgarligi yo‘qligidan nolidi. Bunga kim javobgar?

Agar biz noverbal vaziyatlarga qarasak, birinchi savoldanoq "yopiq turish"ni ko‘ryapmiz. Endi buni "hisoblash" uchun psixolog bo‘lish shart emas – ko‘pchilik bu nima ekanligini mashhur adabiyotlardan bilishadi. Biror kishi bir narsani aytishi mumkin, lekin uning tana harakatlari yashirilgan his-tuyg‘ularni ochib qo‘yadi. Deyarli butun suhbat davomida yopiq turish (qo‘llarni bukib turish) – bu himoya. Shunday qilib, u: "Men o‘zimni sizdan, sizning savollaringizdan himoya qilaman. Men sizning hujumlaringizga tayyorman va o‘zimni himoya qila olaman" deb aytayotganga o‘xshaydi.

Umuman olganda, professional sportda chiqishlarning muvaffaqiyatiga uchta omil ta’sir qiladi. Avvalo, bu sportchining iste’dodi bo‘lib, unga atrof-muhit mas’uldir, shuningdek, ushbu iste’dodni rivojlantirishga imkon beradigan davlat va ixtisoslashtirilgan federatsiyalar. Qolgan ikki jihat texnik va psixologik tayyorgarlikdir. Texnik tayyorgarlik bilan hammasi aniq – buning uchun murabbiy to‘liq javobgar. Psixologiya haligacha yaxshi ishlamaydi. Murabbiylar ko‘pincha psixologlarni o‘z jamoalariga kiritmaydilar, buni o‘zimiz hal qilamiz, deyishadi. Shu bilan birga, ularning o‘zlari ba’zan bunday vaziyatda nima qilish kerakligini, muayyan vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini to‘liq tushunmaydilar. Futbolchining ruhiy tayyorgarligi yo‘qligini aytish har doim yaxshi bahona bo‘ladi.

Agar o‘yinchi yoki umuman jamoa oldin doimiy a’lo natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa va keyin to‘satdan nimadir "ishdan chiqsa" bu javobni bersa bo‘ladi. Bunday holda biz haqiqatan ham futbolchining kayfiyati yaxshimasdi va ularning "yulduzi yulduziga mos kelmadi" deb aytishimiz mumkin. Lekin, aytganimdek, bunga murabbiy javobgar. Aynan u motivatsiya berishi, jamoani jipslashtirishi, shuningdek, qayerda olg‘a bosish va qayerda yumshoqroq bo‘lishni bilishi lozim.

Nikolay Yegorichev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Mas’uliyatdan qochish va jamoani psixologik jihatdan tayyorlay olmaslik" – Sport psixologi Katanetsning xatti-harakatlari haqida