date
views 164

OCHL. "Navbahor" - "Al-Ittihod" uchrashuvida nursiz durang qayd etildi

OCHL. "Navbahor" - "Al-Ittihod" uchrashuvida nursiz durang qayd etildi
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Al-Ittihod" bahsi bo‘lib o‘tdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Birinchi bo‘limda mehmonlar kuchliroq o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda "lochinlar" ko‘proq hujum qildi va vaziyatlar yaratdi. Namangan jamoasining yangi futbolchilari Sayfiyev, Jiyanov, Hamrobekovlar asosiy tarkibda maydonga tushdi. Nikabadze, Favaz Al Yami, Samvel Babayan va Odiljon Hamrobekovlar hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

OFK Chempionlar ligasi. 1/8 final
"Navbahor" – "Al Ittihod" 0:0

"Navbahor" — 1. O‘tkir Yusupov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov (Siyavash Haqnazari 78), 11. Asadbek Sobirjonov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Ruslan Jiyanov (Dostonbek Abdulhayev 86), 22. Toma Tabatadze (Giorgi Nikabadze 78), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Abror Ismoilov.
"Al Ittihod" — 1. Al Mayuf, 26. Axmed Hegazi, 33. Al Olayan, 15. Hassen Kadesh, 37. Al Sagun, 8. Fabino, 7. Ngolo Kante, 16. Al G‘amdi, 17. Al Sahafi (Axmad al G‘amdi), 90. Romarino (Saloh Al Jamaan 74), 99. Abdulrazzoq Hamdallah.

Ma’lumot uchun, javob o‘yini 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. "Navbahor" - "Al-Ittihod" uchrashuvida nursiz durang qayd etildi
-->